Termizda qoidabuzar haydovchi YPX inspektoriga 7 million so‘m pora taklif qildi.

Termizda qoidabuzar haydovchi YPX inspektoriga 7 million so‘m pora taklif qildi.

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

2022 yil 10 fevral kuni Termiz shahar Ibn Sino ko‘chasida xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB 1-safarbar guruh YPX inspektori safdor R. Sh "Tico" rusumli 75 G 552 DA davlat raqam belgili transport vositasini harakati shubha tug‘dirganligi sababli to‘xtatib haydovchisi B. Z bilan suhbatlashish jarayonida haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelib turganligini sezadi. YPX inspektori xizmatda foydalanish uchun o‘ziga biriktirilgan "Alkotestor" moslamasi orqali tekshirib ko‘rib haydovchining (0.318 mg/l) mastlik holatini aniqlayd inspektor safdor R. SH holat yuzasidan yo‘l harakati qoidalarining 12-bandiga muvofiq haydovchiga nisbatan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtiradi va transport vositasini vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga joylashtiradi.

Shundan so‘ng fuqaro B.Z YPX inspektorining xizmat olib borayotgan joyga borib, unga nisbatan chora ko‘rmasdan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilib, evaziga 7 000 000 so‘m miqdorda pora taklif qiladi. YPX inspektori R. Sh fuqaroga bu taklifi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini, jinayatga boshlamasligini aytib tushuntirishiga qaramay haydovchi B.Z pora taklif qilishda davom etadi.

Shundan so‘ng YPX inspektori Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga fuqaro B.Z ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab bildirgi bilan murojaat qiladi. IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas`ul xodimlari ushbu bildirgiga asosan 2022 yilning 11-fevral kuni soat 20:00 larda Surxondaryo viloyati IJQK departamenti Termiz shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.Z Termiz shahar Baynalminal mahallasida joylashgan jarima maydoni yonida YPX inspektori safdor R. Sh ga 7 000 000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi va holat tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar Prokuroturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati




Report Page