Termiz davlat universitetida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi

Termiz davlat universitetida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi



Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi va Termiz davlat universiteti hamkorligida “Globallashuv sharoitida ilmiy va madaniy merosni saqlashning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.


Unda Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Q.Sobirov, Termiz davlat universiteti prorektori A.Shaydullayev, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori M.Joniyev, professor-oʻqituvchilar, madaniyat markazlari vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.


Soha mutaxassislari, faol yoshlar ilmiy va madaniy merosni saqlashning hozirgi holati, turizm istiqbollari, tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va yoshlarni ular bilan yaqindan tanishtirish masalalarini muhokama qilishdi. 


“Milliy merosga mening hissam” ekspeditsiyasi doirasida poytaxtdan tashrif buyurgan talabalar tengdoshlari bilan oʻzlari oʻqigan sevimli kitoblarini almashdilar. Shundan so'ng, talabalar Termiz davlat universitetidagi laboratoriya xonalari, kutubxona, muzey, sport to'garaklarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. 



Report Page