Temur.

Temur.

Muallif: Firdavs O'rinov. Dasturiy Injiniring fakulteti 314-16 guruh talabasi

Temur. Mustahkam iroda, dadil ishonch va eng kuchli jasorat mardlik ummonining buyuk sohibqironi Amir Temurda mujassamdir. Jang . Ushbu so‘z Temurning deyarli hayotiga aylangan . 1336-yilning 9-aprelida tavallud topgan sohibqiron o‘z asrining o‘chmas jasoratlilikdan biri hisoblanib, butun dunyoda o‘zing asrlarga taʼtiguvlik nomini qoldirgan. Biz jasoratning yo‘lboshchisi bo‘lgan Temurbek avlodimiz .


Bir kuni ukam bilan ikkovimiz suhbatlashib turgandik. Ukam shunday dedi: aka,men kelajakda sportchi bo‘lmoqchiman. Chunki, bizning yurtimizdan buyuk allomalar, insonlar chiqishgan. Men ham ularning izdoshi bo‘lishim kerak! deganini bilaman shartta bobomning tayoqlarini oldida ayvonning ustuniga bog‘langan eshshakning ustiga chiqib: “Kuch adolatdadir ”,- deb qichqirdi. Men esa uning ushbu so‘zidagi jasoratni ko‘rib bizning ham uyimizda Temurbeklarning izdoshi borligiga amin bo‘ldim.


To‘g‘ri, bu voqea bir tarafdan kulguli tuyilishi mumkin. Ammo , bu hodisa bizning kelajagimiz porloqligidan dalolat beradi. Shu o‘rinda Amir Temurning ushbu gaplari yodimga tushdi: “Bu dunyoning ishlari faqat mashq va harakatga bog‘liq.” Inson harakat qilar ekan uning, albatta, samarasi bo‘ladi. Bir kun kelib mana shu ish uning butun dunyoda o‘z nomini qoldirishiga mustahkam tayanch bola oladi . Biz buyuk bobokalonlar izdoshimiz. Bu biz uchun tarixning eng buyuk sovg‘asidir. Shunday ekan biz kelajak yoshlari mana shunday tarixning buyuk insonlariga havas qilib o‘z nomimizni kelajak varaqlariga bitaylik. Zero, hammamiz ham bizdan keyingi kelajak avlod uchun tarix sovg‘asini qoldiraylik. Bizga Temurbekning irodasi kuchli tayanch bo‘lsin . Sohibqiron Temur aytganidek: “Kuch adolatdadir”.


Jasur o‘glonlaring xizmatinga shay,


Tomirida oqar Temurbek qoni.


G‘animlar qo‘rgoning ko‘rgandan qochgay,


Meʼrosdir bobomdan mardlik ummoni.


Muallif: Firdavs O'rinov

Dasturiy Injiniring fakulteti 314-16 guruh talabasi

Report Page