Telegraph MOD haqida

Telegraph MOD haqida

Nurik Nazarov
Telegraph MOD by SAEEDStarv
Telegraph MOD(Modified - ingliz tilida "o'zgartirilgan") orginal versiyaning foydalanuvchilar talabiga ko'ra o'zgartirilgan variantidir.

So'ngi kunlarda Telegraph MODga bo'lgan talab ortib borayotgani sababli, ushbu dastur haqida qo'shimcha ma'lumot berib o'tmoqchiman. MODIFIED Telegraph'da asosan REKLAMA olib tashlangan. Lekin turli yangilanishlardan keyin orginal versiyadan olib tashlangan imkoniyatlarni ham Telegraph MODda uchratishingiz mumkin.

Telegraph MODIFIEDni yangilab bo'lmasligi tufayli, har gal yangi versiya chiqqanda oldingisini o'chirib tashlab, yangisini qayta o'rnatishga to'g'ri keladi.
Orginal Telegraph'ga nisbatan Telegraph MODda xatoliklar ko'proq uchraydi.
Agar bu juda zarur bo'lmasa Telegraph MODdan foydalanish tafsiya etilmaydi.(Lekin bu har kimning o'z xohishiga bog'liq.)
Agar Telegraph MODdan foydalanmoqchi bo'lsangiz faqat "ishonchli" manbaadan yuklab oling!

Quyida Telegraph MODni yuklab olish uchun "ishonchli" manbaalar:

@Glype - mashxur razrabotchik SAEEDStarv shaxsiy kanali

@AlexStrannikLite - mashxur razrabotchik AlexOgnev (aka Strannik) shaxsiy kanali

@TGraphUz - Telegraph Uzbekistan kanali

@TGraphUz_Bot - Telegraph Uzbekistan kanalining boti

@RuTeleBot - Telegram ilovalari va qo'shimcha(sticker, maska, tillar)ni yuklab olish uchun ishonchli bot.(har doim eng so'ngi versiyani topishingiz mumkin)


Telegraph foydalanuvchilarining biridan "Telegraph PROda Reklama yo'q" degan gapni eshtib qoldim.

BARCHA DIQQATIGA: Telegraph Pro degan dastur umuman mavjud emas!

O'sha Telegraph Pro

Ko'pchilik anglab yetganidek, bu do'stimiz "Haskerlar" kanalidan "Telegram Pro" yukladim deb yurgan 😅

Rasimda fayl hajmiga e'tibor berib qarasak bor-yo'g'i 21MB ekanini ko'ramiz. Telegraph dasturining o'rtacha hajmi 25-30MBni tashkil etadi. Oldiniga men bu faqat nomi o'zgartirilgan Telegraph MOD deb o'ylagandim. Keyin o'ylab qarasam @TGraphUz kanalidagi eng eski versiyali Telegraph dasturining ham hajmi 21MB ekan🤣🤣

Bundan shunday xulosaga kelish mumkin-ki, bu "Hasker"lar odamlarni aldab eski, hali reklama qo'shilmagan davrdagi Telegraph'ni Telegraph Pro deb tarqatishayotgan ekan. Yoki bu rostan ham ba'zi funksiyalari olib tashlangan Telegraph MOD bo'lishiyam mumkin. Lekin men bizning "Hasker"larni bunga aqli yetadi deb o'ylamayman.

Nima bo'lgandayam turli kanallardan shubhali fayllarni yuklab olmang! Ayniqsa "Hasker"lar kanali bo'lsa. Kim bilsin balki bu umuman Telegraph dasturi emasdur... Ustanovka qilishingiz bilan Telefoningiz ishdan chiqsa. Hammamizga ma'lumki, ustanovka qilgach "Qichqiradigan" virus ilovalar ham bor....


Gapimning so'ngida yana bir narsani aytib o'tmoqchiman:

Xabaringiz bor-ki, Telegraph v7.7 versiyaga yangilanganda Telegram talabiga binoan ba'zi funksiyalar (Ghost Mode, o'chirilgan va tahrirlangan xabarlarni ko'rsatish) olib tashlandi. Shu sababli Telegraph MOD v7.7 da ushbu funksiyalar o'z holicha saqlanib qoldi. Lekin hozirga kelib, Telegraph v7.7.1 versiyaga yangilangach razrabotchiklar bu funksiyalarni MOD versiyadan ham olib tashlashga majbur bo'lishdi va yangi Telegraph MOD v7.7.1 ni taqdim etishdi. Ushbu so'ngi MOD versiya faqat Reklama yo'qligi bilan farq qiladi.

O'chirilgan funksiyalardan foydalanishda davom etish maqsadida eski versiyalarni ustanovka qiluvchilar diqqatiga!

Eski versiya ishlatish oqibatida telegraph dasturida xatoliklar yuzaga kelib ma'lumotlaringiz o'chib ketsa, qayta tiklashning iloji bo'lmaydi. Ayniqsa MODning eski versiyasida xatoliklar ko'p kuzatiladi. Shu sababli eski versiyali ilovalardan foydalanishni UMUMAN maslahat bermagan bo'lardim.


@TGraphUz uchun maxsus N.Nazarov tomonidan tayyorlandi.

Report Page