Telegramda kanal oching va daromad oling.

Telegramda kanal oching va daromad oling.

@apiuz

Nega telegram-kanallarda reklama berish foydali?

Reklama beruvchilar darhol bir narsani tushunib qolishdi, Telegramda reklama berish ijtimoiy tarmoqlardagiga qaraganda foydaliroq: Kanaldagi postlar obuna bo’lgan odamga, tanishlari, hamkasblari va do’stlari bilan gaplashadigan oynaga kelib tushadi. Statistikaga ko’ra, kanaldagi postlarni u yerdagi odamlarnining 50-40 foizi o’qiydi. Masalan “Vkontakte”da bu ko’rsatkich 20%, “facebook”da esa – 10% atrofida.

Hisoblash qiyin emas, telegramdagi 10 mingta obunachisi bor kanal – “facebook”dagi 50 ming odami bor kanalga teng. Bundan tashqari, chiroyli tuzilgan reklama postlari obunachilarni hurkitib yubormaydi: kanal egasi qilgan mexnatlari uchun pul topishi kerakligini tushhunadilar

Nega telegram-kanallarda reklama berish foydali?

Kanalni yaratish va nomlash

Siz kontent (video, audio, foto, matn) yaratarkansiz, bu to‘ppa-to‘g‘ri o‘quvchingizning cho‘ntagiga, ya’ni mobil telefoniga borib tushishini unutmang. U xabaringizni ochadi va o‘qiydi. Kanal muallifining auditoriya bilan muloqoti shunday boshlanadi.Kanalingizga yaqinlaringizni profillarini admin qilib tayinlang bu profilingiz biror xatolik tufayli o’chib ketganda ham kanalingiz saqlanib qolinadi.

«Telegram»da kanal ocharkan, muallifda bir savolga javob oldindan tayyor bo‘lishi lozim: «Kanalni nima uchun ochayapman?».

Kanalni yaratish va nomlash

To‘g‘ri tanlangan mavzu — kanalning muvaffaqiyati kalitidir

Istang odamlarga latifa ulashing, istang pazandalik sirlari bilan o‘rtoqlashing yoki avtosanoat yangiliklaridan xabardor qilib boring. Ammo bunaqa kanallarni sizsiz ham ko‘p ochishgan, ular bilan raqobatga kirishishni ham o‘ylang. Shunday mavzu topingki, tesha tegmagan bo‘lsin, mabodo bu yerni ham egallashgan bo‘lsa, ularning faoliyatini yaxshilab o‘rganing. Balki siz ishni ulardan ham yaxshiroq uddalarsiz.

Demak, mavzuga aniqlik kiritildi, endi zo‘r nom topish kerak. Mavzuni ochuvchi bitta yoki ikkita so‘zdan iborat, esda qoladigan, ko‘pchilikning ko‘ngliga yaqin so‘zlarni toping. Masalan, «Haydovchilar» — avtomobillar va yo‘llar haqida, «Zumrad» esa qimmatbaho toshlar va taqinchoqlar haqida bo‘lishi mumkin.

Umuman, buyog‘i fantaziyangizga bog‘liq, jiddiymi yoki hazilnamomi, o‘zingizga xos va mos nomni toping.

To‘g‘ri tanlangan mavzu — kanalning muvaffaqiyati kalitidir

Logotip tanlash

U albatta yorqin va ko‘rinarli bo‘lishi kerak. Messenjerdagi ikonkalar hajmi kichik, buni e’tiborga olib logotipingizda kichik detallarni ishlatishdan qoching — ular baribir ko‘rinmay ketadi. Istasangiz, sifatli logotipni dizaynchilarga yasatib olishingiz ham mumkin.

Logotip tanlash

Birinchi bosqichda nima qilish kerak?

Kanal muallifi o‘z telefon daftarchasidagi 200 kishini bu kanalga qo‘shib olishi mumkin. Faqat ular orasidagi injiqroq odamlarning oldidan o‘tganingiz yaxshi, kimgadir bu yoqadi, kimga esa yo‘q.

Kanalingizning havolasini joylashtiring va ijtimoiy tarmoqlarda post qoldiring.

Kanalingizni imkon qadar turli kataloglarga qo‘shing. Bu bepul.

Birinchi bosqichda nima qilish kerak?

Birinchi bosqichda nima qilmaslik kerak?

Kuniga beshtadan ortiq post qoldirmang. Odamlarga suratlar, infografikalar, giflar («jonli» suratlar), videolar yoqadi.

Qimmat turuvchi reklamaga aldanmang. Messenjerning reklama bozorida qimmat reklamali kanallar juda ko‘p, ularning orasida ko‘rinmay ketasiz. Yaxshisi, asta-sekin o‘sib borgan ma’qul!

Matnga smayllarni ko‘p joylamang. Bu o‘quvchilarning jig‘iga tegadi.

Yangi post haqida ovozli xabar berish funksiyasini yoqmang. Matn qatorining chap tomonida qo‘ng‘iroqcha bor, uni bossangiz o‘chadi.

O‘quvchilaringizni bezdirmaslik uchun postlarni kechasi yozmang.

Boshqa ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan, telegram foydalanuvchilari vafodorroq. Shu sabab, reklama postlari kamdan kam holda foydalanuvchini kanalni tark etishiga sabab bo`ladi.

Agar reklama va kontent orasidagi muvozanat to`g`ri saqlansa, kanalingiz gullayveradi. Bizda, har bir reklama posti uchun 2 ta foydali maqola mavjud. Shunday proporsiyada kuniga 3 ta reklama slotiga ega bo`lib, foydalanuvchilari 6 ta sifatli maqola bilan ta`minlaymiz.

5 ta barmoqni o`g`izga tiqish, yaxshilikga olib kelmaydi. Ba`zi kanallar kuniga 1 ta post yozadi, u ham bo`lsa, reklama posti. Admin, obunachiga reklama ko`rsatgani uchun, kompensatsiya sifatida foydali maqola bilan hursand qilishga majbur.

Birinchi bosqichda nima qilmaslik kerak?

Kanalni reklama qilish

Sizni tanib olishlari uchun boshida pul sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Messenjerdagi reklamalar narxlari keskin farq qiladi. Siz reklamani arzonidan boshlang, o‘quvchilar asosan qayerdan kelayotganiga qarab kanallar ro‘yxatini shakllantiring.

Obunachilari soni sizniki bilan bir xil kanallarni o‘rganing. Ularga o‘zaro piar taklifi bilan chiqsangiz bo‘ladi.

Kanal haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi har xil mavzuli guruhlarga tarqating. Kanalingiz nomi OAVda tilga olinishiga erishing.

Kanalni reklama qilish

Statistika kerakmi?

Statistika — istalgan loyihaning asosi. «Excel»da jadval tuzib, quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd eting: o‘quvchilar soni, postlar va kanalni ko‘rishlar soni, reklama qiymati, o‘zaro piar, kelgan o‘quvchilar soni. Bular kanalning o‘sishini xolis kuzatish va boshqarish imkonini beradi. Ko‘pincha, masalan, reklama sotib olishingiz, ammo u ishlamasligi mumkin. O‘zingiz uchun qayerdan eng ko‘p o‘quvchilarni jalb etganingiz yoki buning aksiga qarab top-kanallarni shakllantirib olishingiz va reklamani qayerda berish-bermaslikni hal qilishingiz mumkin.

Statistika kerakmi?

Eng asosiysi: men qancha pul ishlayman?

Kanallarning mualliflari har xil pul topishadi. Shunday qoida bor, bir reklama posti narxi kanaldagi odamlar soniga qarab belgilanadi. Tariflar har doim har xil – har bir odam uchun 10 so’mdan tortib 1000 so’m yoki undan ham ko’proq bo’ladi. Nega narxlar har xil degan savol paydo bo’lgan bo’lsa, buni javobi oddiy – kanalning mavzusiga qarab narxlar ham balandroq yoki pastroq bo’ladi.

Masalan futbol mavzusiga oid kanallar juda ham ko’p, elektron pullar esa nozik mavzu va aynan shu mavzuga qiziqadigan odamlarni topish oson ish emas. Narxlar ham shunga yarasha katta.Shunday ekan hech kim tanlamagan hammaga foydali bo’ladigan mavzularni tanlang.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, «Telegram»dagi ayrim auditoriyasi katta o‘zbekcha kanallar bitta reklamadan 800 dollargacha pul ishlaydi.

Kanal — kichik OAV. Jamg‘armangizni pulga aylantirishning ikki yo‘li bor — yo reklama beruvchilar bilan o‘zingiz mustaqil kelishib olasiz, yo sizga reklama topib beruvchi agentliklar va birjalar bilan ishlaysiz.

Mijozlar har xil bo‘ladi. Shunisi ham kuzatilganki, masalan, buyurtmachi sizga reklamaga pul beradi, ammo bu reklamaga tashriflar soni ozligi uchun keyinchalik u pulini qaytarib olish fikriga kelib qoladi. Bunaqa mijozlar bilan auditoriyaning reklamaga munosabatini oldindan baholab bo‘lmasligini kelishib olishingiz kerak.

Xozir limit 3000 obunachilargacha ko`tarilgan. Kanalingizdagi obunachilar shu limitdan o`tgandan keyin, «Kanalingizda reklama qo`yasizmi?» qabilidagi savollar sizga odatiy hol bo`lib qoladi.

Kanalingizga qarzga reklama joylashtirmang.

Reklama beruvchilar pulni sizga elektron hamyonlar, plastik karta va naqd ko’rinishda o’tkazishi mumkin buni oldindan kelishib olasiz.

Eng asosiysi: men qancha pul ishlayman?

Kanal rivojlanmasa nima qilish kerak?

Kanalning rivojlanishi sizning faolligingizga bog‘liq. Agar e’tiborsizlik qilsangiz o‘quvchilaringiz soni nafaqat o‘sishdan to‘xtaydi, balki kamayishi ham mumkin.

Bir haftaga yoki oyga mo‘ljallab mediareja tuzing. Unda o‘zingiz post qilmoqchi bo‘lgan kontentni, boshqa kanallar bilan o‘zaro tavsiyalar va reklamalar rejasini belgilab oling.

O‘zaro tavsiyalarni olish uchun boshqa kanallar mualliflariga murojaat qiling. Sizga birinchi bo‘lib murojaat qilishlarini kutmang.

Kanal rivojlanmasa nima qilish kerak?

«Telegram»dagi trendlar

Messenjerdagi trendlar juda o‘zgaruvchan. Masalan, matnni o‘zgartiradigan, havolalarni yashiradigan, so‘zlarni belgilaydigan, matn ostiga ikonkalarni qo‘yadigan @mrkdwnrbt va @ControllerBot kabi foydali botlar bor. @vote yordamida ovoz berishni tashkil qilish mumkin @Post5Bot yordamida savol javob viktorinlar tashkil qilishingiz mumkin.

«Telegram»dagi trendlar

Qanday kanallarni reklama qilish kerak emas?

Qonunchilikka xilof kanalllar

Shaxsiy bloglar — eskirgan janr.

Kazino va shunga o`xshash( haqiqat va yolg`onni ajratish qiyin).

Boshqa kanallardagi yangiliklarni qisqartirib yozadigan qiladiganlar.

Faqat rasm, video yoki musiqa haqidagi kanallar.

So`kinadigan va ko`chirma postlar taqdim etadgian kanallar.

Obunachilar oldida sizni va kanalingizni uyaltirmaydigan reklama qo`ying.

Qanday kanallarni reklama qilish kerak emas?

Sizning postlaringizni ulashishlari uchun nima qilish kerak?

Nima yozsangiz ham shuni yodda tutingki, kanal — blogdir. Sizning o‘z takrorlanmas mualliflik uslubingiz bo‘lishi lozim.

Eksklyuziv. Boshqa hech kimda yo‘q kontentni joylasangiz, boshqa mualliflar albatta sizning xabarlaringizni boshqalar bilan bo‘lisha boshlaydi.

Report Page