Telegram vs Coronavirus

Telegram vs Coronavirus

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

Telegram koronavirusga qarshi

Telegram'ning rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan
tarjimasi.

Telegram-kanallar — sizning xabarlaringizni cheksiz ommaga yetkazish uchun kuchli vositadir. 2015 yildan beri ommaviy axborot vositalari tashkilotlari va jamoat arboblari ulardan foydalanib, obunachilarga, saylovchilarga va muxlislarga murojaat qilishmoqda — ayniqsa so‘z erkinligi cheklangan mamlakatlarda.

Yaqinda biz kanallarning yangi turi ommalashib borayotganligini payqadik: bu butun dunyo bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan yaratilgan kanallar. Endilikda O‘zbekiston, Hindiston, Malayziya, Isroil va boshqa ko‘plab davlatlar Telegram orqali yangiliklar, ogohlantirishlar va maslahatlarni ulashmoqda.

Kanallar va ularning imkoniyatlari haqida batafsil →

"Tasdiqlangan" belgisini olish tekshirish vositalari

Foydalanuvchilarga ishonchli manbalarni soxta yangiliklardan ajratib olishga yordam berish uchun biz bugun soddalashtirilgan tasdiq jarayonini yo‘lga qo‘ydik.

Agar siz boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni tasdiqlagan bo‘lsangiz, bizning yangi @VerifyBot bilan bog‘laning. Ushbu bot sizning kanalingiz, guruhingiz yoki botingizning uchun "Tasdiqlangan" belgisini olishda yordam beradi.

Telegram'dagi tasdiq qoidalari haqida batafsil →

Foydalanuvchilarga yo‘llangan bildirishnomalar

Ma’lumot — bu global sog‘liq uchun kurashda eng kuchli quroldir — hech bo‘lmaganda biz vaksinani olmagunimizgacha. O‘z hissamizni qo‘shish niyatda, biz virus yangiliklari haqidagi rasmiy kanallarga ega bo‘lgan mamlakatlardagi barcha foydalanuvchilarga ushbu kanallarga obuna bo‘lishni taklif qiladigan bildirishnomalarni yubormoqdamiz.

Biz barcha sog‘liqni saqlash xodimlariga odamlarni xabardor qilishda hamkorlikni taklif qilamiz. Agar siz davlatingizning Sog‘liqni saqlash vazirligida ishlasangiz va uning kanalini targ‘ib qilmoqchi bo‘lsangiz, avval uni @VerifyBot yordamida tasdiqlang va keyin biz bilan corona@telegram.org orqali bog‘laning.

Koronavirus haqida ma‘lumot. Coronavirus Info

Foydalanuvchilar o‘z mintaqalaridagi pandemiya haqida aniq va dolzarb ma’lumotlarni topishlari uchun biz koronavirus bilan bog‘liq barcha kalit so‘zlar bo‘yicha qidiruvning asosiy natijasi sifatida ko‘rsatiladigan maxsus kanal yaratdik. Unda mamlakat bo‘yicha rasmiy yangiliklar manbalarining ro‘yxati keltirilgan:

Kanallar ortidan: Guruhlar va Botlar

Telegram-kanallar ommaviy bir tomonlama xabar ulashuvlari uchun juda yaxshi, ammo agar siz odamlarni xabardor qilish uchun faolroq usullarni izlayotgan bo‘lsangiz, guruhlarni yoki botlarni sinab ko‘ring.

Telegram-guruhlarning har birida 200 000 tagacha a’zoga bo‘lishi mumkin, va ularda tartibni saqlash uchun kuchli vositalar mavjuddir. Masalan, Hindistonning Karnataka shtatidagi shifokorlar foydalanuvchilarning savollariga javob berish uchun ushbu ommaviy guruhdan foydalanadilar.

Telegram-guruhlar haqida batafsil →

Telegram-botlar — bu uchinchi tomon dasturlari bo‘lib, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chatlar ro‘yxatidan foydalanishingiz mumkin. Siz ular bilan tugmalar yordamida aloqa qilasiz va ular har xil turdagi xabarlar va media fayllar bilan javob berishadi. Botlar juda moslashuvchan va ulardan har qanday maqsadda, masalan, ma’lumotni taqdim etishdan tortib, boshqa veb-xizmatlarga qo‘shilishgacha foydalanish mumkin.

Masalan, @QuizBotni bir sinab ko‘ring, u shu kabi savol-javob o‘yinlarni yaratishi va ishga tushirishi mumkin.

Telegram-botlar haqida batafsil →

Va yana bir narsa

Haqiqiy dunyoda niqoblar yetishmasligi bilan biz hech narsa qila olmadik, ammo bizning rassomlarimiz sizning Telegram-ilovangizga cheksiz miqdordagi niqoblarni sig‘dirish yo‘lini topdilar.

Ushbu to‘plamdagi niqoblarni Telegram'ning ichki Fototahriri yordamida yuborgan har qanday fotosuratlarga qo‘llashingiz mumkin. Bu xabardorlikni oshirish, raqamli gigiena qoidalariga rioya qilish yoki shunchaki buruningizni yashirish maqsadida bo‘ladimi — barchasi sizga bog‘liq.

Uyda qoling. Qo‘llaringizni yuving. Xavfsizlikda bo‘ling. Va keyingi yangilanishlarimizdan xabardor bo‘ling!

2020 yil 3 aprel
Telegram jamoasi

Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Telegram против коронавируса

Русскоязычная версия официальной статьи от Telegram.
Перевод от Telegram Uzbekistan.

Telegram-каналы — это мощный инструмент для трансляции ваших сообщений неограниченной аудитории. С 2015 года медийные организации и общественные деятели используют их для охвата читателей, избирателей и болельщиков — особенно в странах, где свобода слова ограничена.

В последнее время мы заметили, что набирает популярность новый тип каналов: каналы, созданные Министерствами Здравоохранения со всего мира. Узбекистан, Индия, Малайзия, Израиль и многие другие страны теперь отправляют новости, предупреждения и советы через Telegram.

Подробнее о Каналах и их возможностях →

Новые инструменты верификации

Чтобы помочь пользователям отличить надёжные источники от поддельных новостей, сегодня мы запускаем упрощённый процесс верификации.

Если у вас есть верифицированные аккаунты в других социальных сетях, просто свяжитесь с нашим новым @VerifyBot, чтобы получить галочку официальности для вашего канала, группы или бота.

Подробнее о правилах верификации в Telegram →

Уведомления для пользователей

Информация — самое мощное оружие в борьбе за глобальное здоровье — по крайней мере, до тех пор, пока мы не получим вакцину. Чтобы внести свою лепту, мы рассылаем уведомления всем пользователям в странах, которые имеют официальные каналы с новостями о вирусе, предлагая им подписаться на них.

Мы приглашаем всех чиновников здравоохранения сотрудничать в деле информирования людей. Если вы работаете в Министерстве Здравоохранения вашей страны и хотите продвигать его канал, пожалуйста, сначала верифицируйте его с помощью @VerifyBot, а затем свяжитесь с нами по адресу corona@telegram.org.

Информация о коронавирусе. Coronavirus Info

Для того, чтобы пользователи могли найти точную и актуальную информацию о пандемии в своём регионе, мы создали специальный канал, который отображается в качестве главного результата поиска по всем ключевым словам, связанным с коронавирусом. Он содержит список официальных источников новостей по странам:

За каналами: Группы и Боты

Telegram-каналы хороши для массовых односторонних трансляций, но если вы ищете более интерактивные способы информирования людей, попробуйте группы или боты.

Telegram-группы могут иметь до 200 000 участников каждая и предлагают мощные инструменты для поддержания порядка. Например, врачи индийского штата Карнатака используют эту публичную группу, чтобы отвечать на вопросы пользователей.

Подробнее о Telegram-группах →

Telegram-боты — это сторонние приложения, с которыми вы можете взаимодействовать прямо из списка чатов. Вы общаетесь с ними при помощи кнопок — и они отвечают сообщениями и медиафайлами всех видов. Боты очень гибкие и могут быть использованы для любых целей, от предоставления информации до интеграции с другими веб-сервисами.

Например, обратите внимание на @QuizBot, который может создавать и запускать викторины, подобные этой.

Подробнее о Telegram-ботах →

И ещё кое-что

Мы ничего не могли сделать с нехваткой масок в реальном мире, но наши художники нашли способ втиснуть неисчерпаемый запас в ваше приложение.

Вы можете применить маски из этого набора к любым фотографиям, которые вы отправляете, используя встроенный Фоторедактор Telegram. Идёт ли речь о повышении осведомлённости, поддержании цифровой гигиены или просто о том, чтобы спрятать нос — зависит от вас.

Оставайтесь дома. Мойте руки. Будьте в безопасности. И следите за нашими следующими обновлениями!

03 апреля 2020,
Команда Telegram


Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page