Telegram messenjerining yashirin imkoniyatlari.
«FEATUREUZ»
Telegram imkoniyatlari koʻp. Shunchaki biz eʼtibor bermaymiz. Bugun aytmoqchi boʻlganlarim telegram'ning yashirin funksiyalari haqida.
-
«FEATUREUZ» blogida yozilgan qoʻllanmalar birlashtirildi va yangi qoʻshimchalar bilan boyitilgan holda taqdim etildi.
1. Rasmlarni belgilangan vaqt oraligʻida oʻchirib yuborish.
Siz suhbatdoshingizga rasm yuborib, u rasmni oʻchib ketishi uchun vaqt belgilashingiz mumkin. (Siz yuborgan chatda rasm ochib koʻrilgandan keyin, belgilagan vaqtingizga qarab oʻchirib yuboriladi).

2. Telegramni o'zida turib, GIF-animatsiyalar tayyorlash va yuborish.
Telegram’ning mobil shaklida videoni yuborish funksiyasi bor. Agar videoni kerakli joyini qirqib, mikrofon belgisiga bosib, ovoz o‘chirilsa, videoyozuv chatga GIF shaklida yuboriladi.

3. Shaxsiy avatarda suhbatlashilgan, umumiy yuborilgan xabarlar soni.
Shaxsiy avatarda suhbatlashgan, suhbatdoshingiz bilan, har bir yuborilgan xabarlarni umumiy sonini aniqlash uchun, chatning qidiruv joyiga «+» ni yozib qidiruv berish kifoya.

4. Audioxabar yuborish paytida tugmani bosmasdan yozish.
Messenjerning mobil shaklida tanlangan chatda audioxabar yozish uchun mikrofon belgisini bosish kerak bo‘ladi. Mikrofon ustiga bosgandan keyin barmoqni olmay, uni yuqoriga tortilsa, yozish avtomatik rejimda davom etadi. Bu — uzun audioxabarlarni yozishda juda qulay.

5. Telegram'dan kelgan audio xabarlarni oson va qulay eshitish.
Siz ko‘chadasiz, sizga telegramdan audio xabar keldi, quloqchin yo‘q. Siz telefoningiz ovozini pasaytirib telefonni karnayini qulog'ingizga tutasiz, bu — xato. Buni oson usuli bor — siz xuddi birov bilan gaplashayotganingiz kabi telefoningizni so‘zlashuv dinamigini — qulog‘ingizga tuting, shunda sizga ovozli xabar aniq va hech kim eshitmaydigan bo‘lib keladi.(Xuddi rasmda ko‘rsatilgandek qilish kifoya)

6. Xabarlarni, xabar kelgani haqidagi tovushlarsiz yuborish.
Biz bilamizki, sizga telegram'dan xabar kelsa, xabar kelgani haqidagi tovush yangraydi. Agar «unmute» holatda boʻlsa. Suhbatdoshni bezovta qilmaslik uchun xabarlarni «mute» holatda yaʼni «ovozsiz» koʻrinishda yuborish uchun, xabar yuborish tugmasini bir necha soniya bosib turib «send without sound» yaʼni «ovozsiz yuborish» ni bosish kifoya.

7. Xabarlarni sezdirmay o‘qish.
Telegram'ning mobil ko‘rinishida suhbatdoshingizga bildirmay, u yuborgan xabarni o‘qish mumkin. Xabarni olganingiz zahoti uni ochmang va smartfonda «parvoz» rejimini yoqing. Keyin esa xabarni oching, uni o‘qib, Telegram'ni yoping. Keyin esa «parvoz» rejimini o‘chirish va ilovani yana ishga tushirish mumkin. Agar hammasini to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, suhbatdoshingiz uning xabarini o‘qiganingizni ko‘rmaydi.
2-usul: Suhbatdoshingiz avatari ya'ni «shaxsiy xabar»i ustiga bir necha soniya bosib turing va siz yozilgan yozuvlarni sezdirmay o'qiy olasiz.