Telegram bugun 7 yilligini nishonlamoqda!

Telegram bugun 7 yilligini nishonlamoqda!

Elsevar

2013-yilda biz xavfsiz muloqotga diqqat qaratgan kichik ilova sifatida ish boshlagan edik va shundan buyon 400 milliondan ortiq foydalanuvchisiga ega platforma sifatida oʻsdik. Telegram hozirgi kunda eng yaxshi 10 ta eng koʻp yuklab olinadigan ilovalardan biriga aylandi, uning yordamida esa nafaqat doʻstlar va hamkasblar bilan muloqot qilish, balki oʻqish, yangiliklarni almashish, hamfikrlarni topish mumkin.

Biz bu marraga faqat oʻzimiz erishmadik – Telegram hech qachon reklama qilinmagan va har bir foydalanuvchi ilovaga ular ishonadigan kimdir orqali kelgan. Kuchli tamoyillar va sifatli funksiyalar millionlab foydalanuvchilarni jalb eta oladi, buni amaliyotimiz yaqqol tasdiqladi.

👩🏼‍💻 Biz doimo auditoriyamiz fikrini o'rganamiz hamda Telegramni shunchak oddiy ilovalardan ancha yaxshiroq qiluvchi funksiyalarni ishlab chiqishda davom etamiz. Bugun siz soʻrayotgan funksiyalardan birini qoʻshmoqdamiz... bu tezkor va xavfsiz video chaqiruvlardir.

2020-yil yuzma-yuz muloqot uchun talabni yuzaga chiqardi va bizning alfa versiyadagi video chaqiruvlar funksiyamiz endi Android (iOS uchun tez orada paydo boʻladi) uchun ishlaydi. Video chaqiruvni kontaktingizning profil sahifasidan boshlashingiz mumkin va video chaqiruvlar davomida istalgan vaqtda videoni yoqish yoki oʻchirishingiz mumkin. Telegramdagi boshqa video kontentlar kabi video chaqiruvlar tasvir ustida tasvir rejimini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu sizga koʻz kontaktini saqlagan holda chatlar boʻylab aylantirish va boshqa vazifalarni bajarish imkonini beradi.

Barcha video chaqiruvlar boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalanadi. Ulanishingizni tasdiqlash uchun siz va chatdagi suhbatdoshingizga koʻrsatiladigan toʻrtta emojini taqqoslaysiz – agar ular mos kelsa, chaqiruvingiz Telegramning maxfiy chatlari va ovozli chaqiruvlarida foydalaniladigan vaqt sinovidan oʻtgan shifrlash tomonidan 100% himoyalanadi.

Bizning Android va iOS uchun ilovalarimizda qayta ishlab chiqish mumkin boʻlgan yigʻmalar mavjud, shunday ekan, har kim shifrlashni tasdiqlashi va biz har bir yangilanish bilan birga nashr qiladigan aniq bir xil ochiq manba kodidan foydalanishni tasdiqlashimiz mumkin. Video chaqiruvlarga kelgusida yanada koʻproq funksiya va yangiliklar kiritiladi. Kelayotgan oylarda guruh video chaqiruvlarini ishga tushirish ustida ishlamoqdamiz. Lekin ushbu yarim yillik marra uchun siz endi yaqinlaringiz bilan ular qoʻshni xonada yoki boshqa qitʼada boʻlishlaridan qatʼi nazar hozircha birma-bir suhbatlardan zavq olishingiz mumkin.

Nega iOS uchun yoʻq?

Biz barcha iOS foydalanuvchilarimizdan ushbu funksiyani faqat Android uchun ishga tushirayotganimiz tufayli uzr soʻraymiz. Bu yangilanishni App Storeʼga Google Playʼga yuborishimizdan bir necha kun oldin yuborgan boʻlsak ham, Apple uni oʻz vaqtida koʻrib chiqa olmadi.

Agar iOS qurilmalaridan foydalansangiz va Telegram video chaqiruvlarini sinashni xohlasangiz, Apple sizga ruxsat bergunigacha kutishingizga toʻgʻri keladi – yoki Android kabi foydalanuvchilari va dasturchilarini koʻproq hurmat qiladigan boshqa platformaga almashtirishingiz lozim bo'ladi😉

Koʻproq animatsiyali emojilar

Kayfiyatni ko'tarishga yordam berish uchun biz animatsiyali emojilarning yana bir qismini qoʻshdik. Chatda ulardan birini olish uchun shunchaki bitta emojili xabarni yuborib ko'rishingiz mumkin!

Report Page