Telegram NFT
@cryptomarkaz📘 NFT nima o‘zi?
NFT (Non-Fungible Token) — bu blokcheynda ro‘yxatdan o‘tgan, yagona va o‘zgarmas raqamli aktiv. Har bir NFT takrorlanmas bo‘lib, u san’at asari, musiqiy fayl, video yoki Telegram’dagi virtual sovg‘a bo‘lishi mumkin.
💬 Telegram NFT nima?
Telegram NFT — bu Telegram ichida chiqarilgan raqamli sovg‘alar (giftlar) yoki stikerlar bo‘lib, ular NFT sifatida blokcheynga tushadi.
Ular TON (The Open Network) tarmog‘ida mint qilinadi va Telegram Stars orqali Telegram marketplacedan yoki ikkilamchi bozorlardan Ton orqali xarid qilinadi.
🛍️ Qanday sotib olinadi?
- Telegram ilovasidan “Send gifts” (Sobg'a yuborish) bo‘limiga kirasiz.
- Panel ochilganda sizda telegram kontaktlaringiz aks etgan oyna ochiladi. Ularning tepasida bu siz deb nomlangan sizning profilingiz chiqadi. Unga bosib Limited bo'limiga o'tasiz va limited deb nomlangan giftlrni stars orqali sotib olasiz. E'tiborli bo'ling Resale deb nomlangan emas Limited deb nomlanganini sotib oling. Resale bu nft giftlarni starsga sotib olish hiosblanadi yangilarini emas. Diqqat! Ba'zi yangi chiqadigan giftlar Telegram Premium obunasini talab qiladi.
- Gift sizning profilga tushadi (lekin bu hali NFT emas!).
- Har bir Giftning supply va narxi mavjud. Supplyga qarab narx o'zgaradi, kam supplylik sovg'alar qimmat ko'plari esa aksincha.
- Giftni sotib olganingizdan keyin 2 xil holatga duch kelasiz: ba'zi giftlar upgrade (kuchaytirish) bilan yoki oddiy holatga keladi. Upgrade kelgan giftlarni ma'lum starslar orqali NFTga aylantirasiz. Upgrade kelmagan giftlarni esa vaqti kelishini kutish kerak.
- E'tiborli bo'ling gift sotib olingandan keyin upgrade bilan kelgan bo'lsa uni NFT qilish soat sayin arzonlashadi. Ya'ni soat 20:00 da 25.000 stars 21:00 da 20.000 stars shu kabi minimal 25 starsgacha tushiriladi.
- NFTni esa hohlasangiz saqlaysiz, hohlasangiz sotuvga qo‘yasiz.
💎 Stars nima?
Stars — bu Telegram ichidagi virtual to‘lov vositasi. Siz uni App Store, Google Play,(visa/mastercard bilan) Fragment.com (ton bilan) yoki t.me/starsdonat_robot (so'm bilan) orqali xarid qilasiz.
Stars orqali giftlarni, telegram premium sotib olish, kanallarga pullik reaksiyalar bosish va pullik kontentlardan foydalanish mumkin.
💡 Giftlar odatda 100–10.000 stars atrofida bo‘ladi (1 star ≈ 0.013–0.015$ atrofida)
🎁 Gift nima? Upgrade nima?
- Gift — bu Telegram ichidagi oddiy raqamli sovg‘a. U do‘stlarga yoki o'z profilingizga yuboriladi, lekin hali NFT emas.
- Upgrade — bu gift’ni Telegramda stars orqali NFTga aylantirish jarayoni.
- Gift upgrade qilinganda model va orqa fonlar random tanlanadi. Raqamlar esa navbat bo;yicha beriladi.
- NFTga aylangan giftlarni Telegram marketplace (stars va ton yordamida), ikkilamchi bozorlar (Tonnel, Portals, MKRT) va Getgems.io, Fragment.com saytlarida sotish yoki sotib olish mumkin.
📦 Supply nima?
Supply — bu bir turdagi giftdan nechta chiqarilganini bildiradi.
Masalan, supply: 10.000 bo‘lsa, bu modeldan 10 000 dona bor degani.
➡️ Kam supply — ko‘pincha qimmatroq va noyob hisoblanadi.
🚗 Model va fonlar nima? Nega ular muhim?
Har bir giftda model (Snoopdoggning oltin mashinasi) va orqa fon (qora yoki oltin) bo‘ladi.
Ular random (tasodifiy) tarzda chiqadi. Har xil kombinatsiyalar NFT’ning narxiga ta’sir qiladi.
💡 Noyob fon + kam supply model = qimmat NFT
⏰ Qachon va qayerda sotish mumkin?
- Upgrade qilingandan so‘ng NFT sizning profilingizda bo'ladi. Har bir NFT upgrade qilingandan so'ng 21 kun davomida trade ban (o'tkazma bloklanishi) da turadi. U vaqt ichida siz uni hech qayerga ot'kaza olmaysiz lekin Pre-marketda sotishingi mumkin. 21kun o'tgach NFTni marketplacelarda sotishingiz yoki blockchainga ya'ni ton hamyonga o'tkazish mumkin.
- Upgrade bo'lgan va Trade banda turgan giftni Pre-market vaqtida Tonnel va MRKT marketplaceida sotishingiz mumkin. Buning uchun NFT linkini botga tashlaysiz va ma;lum deposit evaziga uni sotuvga qo'yasiz. 21kunlik tarde ban tugagandan so'ng giftni botga o'tkazib berasiz va sotilgan narx va deposit qaytariladi. Jo'natmagan taqdiringizda deposit jarima sifatida olib qolinadi.
- Trade bandan chiqqan giftlarni esa hech qanday depositsiz Tonnel, Portals, MRKT, Telegram marketplace, Getgems va Fragmentda sotish mumkin.
Telegram marketplaceda sotish uchun NFT ustiga bosib narx belgilab 20% komissiya bilan stars yoki ton evaziga sotuvga qo'yish mumkin va NFT profilingizda sotulguncha saqlanib qoladi.
Ikkilamchi bozorda sotish uchun esa Tonnel va Portals kabi botlarning gift qabul qiluvchi profillariga o'tkizasiz va marketplaceda NFT ko'rinadi va uni ma'lum komissiya evaziga sotuvga qo'yasiz.
Getgems.io va Fragment.com saytlarida sotish uchun esa NFTni blockchainga yuborilgan bo'lishi kerak. Har bir NFT bir profildan ikkinchiga o'tkazilganda 14kun kutish lozim blockchainga chiqarilishi uchun. NFT blockchainga yuborilgandan so'ng uni sotuvga qo'yish mumkin va bu usulda ham NFT sizning ton hamyoningizda qoladi, hech qayerga o'tkazish shart emas. - Yuqoridagi barcha marketplacelardan nafaqat sotish va balki sotib olish ham mumkin. Fragment va Getgemsda komissiya siz tomoningizdan to'lansa ikkilamchi bozor va Telegram marketplaceda komissiya sotuvchi tomonidan to'lanadi.
📌 E’tibor berish kerak bo‘lgan narsalar:
- Gift sotib olayotganda supply, narx, va model nomiga e’tibor bering.
- Upgrade qilishdan oldin marketdagi narxlarni tekshiring.
- “FOMO”ga (qo‘rqib sotish) berilmang – ba’zida sabr foyda keltiradi.
- Har bir gift NFT bo‘lmaydi — faqat upgrade qilingani NFT bo‘ladi. Ba'zilarini esa kutish shart.
- Ba’zi giftlar oddiy foydalanuvchilar uchun cheklangan bo‘ladi. Premium giftlarni esa maksimal sotib olish limiti mavjud har bir foydalanuvchi uchun.
🚨 Esda tuting:
🎯 Birinchi bo‘lib chiqadigan giftlar odatda eng arzon bo‘ladi.
📈 Upgrade qilinganlar orasidan noyoblar keyinchalik qimmatga sotiladi.
@Cryptomarkaz - Telegram NFTlar haqida eng so'nggi va kerakli yangiliklar kanali!