Telegram 7.4 • Moving Chat History from Other Apps

Telegram 7.4 • Moving Chat History from Other Apps

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

Boshqa ilovalardan chatlarni o'tkazish

Telegram'ning rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.

Joriy yilning yanvar oyida 100 milliondan ortiq yangi foydalanuvchilar erkinlik va maxfiylikni tanlab Telegram'da ro‘yxatdan o‘tdilar. Bugundan boshlab Telegram;ga o‘tish yanada osonlashdi, chunki siz yozishmalaringiz (chatlaringiz) bilan vidolashingiz shart emas.

Endi siz boshqa ilovalardan xabarlar, fotosuratlar, videolar va hujjatlarni Telegram'ga o‘tkazishingiz mumkin — masalan, WhatsApp, Line va KakaoTalk. Bu imkoniyat shaxsiy chatlar va guruhlar bilan ishlaydi:

IOS'dagi WhatsApp'dan chatni o‘tkazish uchun faqat kontakt yoki guruh haqidagi ma‘lumotlar sahifasini ochish, "Chatni eksport qilish"ni bosish va "Ulashish" menyusidan Telegram'ni tanlash kifoya.

Android qurilmalarida esa WhatsApp'dagi chatning ichida "⋮" → "Qo‘shimcha" → "Chatni eksport qilish"ni bosib so‘ng "Ulashish" menyusidan Telegram'ni tanlash lozim:

IOS'dagi WhatsApp'da ma’lumotlarni chatlar ro‘yxatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilishingiz mumkin. Chatni chapga suring va "..." → "Chatni eksport qilish"ni tanlang.

Ko‘chayotganda joyni tejash

Telegram'ga o‘tkazilgan yozishmalar telefoningizda deyarli hech qanday qo‘shimcha xotirani egallamaydi. Eski messenjerlardan farqli o‘laroq, Telegram sizga suhbatdagi xabarlar va fotosuratlarni qurilmangizda saqlamaslikka imkon beradi. Shu bilan birga, siz barcha xabarlar, fotosuratlar, videolar va hujjatlarni istalgan vaqtda ko‘rishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

Siz sozlamalarda: "Ma’lumotlar va xotira" → "Xotiradan foydalanish" bo‘limida xotirani tozalashingiz va diskdagi egallash mumkin bo‘lgan joy hajmini cheklashingiz mumkin.

Bundan ham ko‘proq maxfiylik

Sizning ma’lumotlaringiz — bu sizning ishingiz. Shu sabab, Telegram foydalanuvchilari nafaqat xabarlar tarixini eksport qilishlari, balki istalgan vaqtda barcha yozishmalar ishtirokchilari uchun xabarlarni o‘chirishlari mumkin.

Bundan buyon siz o‘zingiz yaratgan maxfiy chatlarni, guruhlarni, shuningdek Telegram'dagi qo‘ng‘iroqlar tarixidagi qaydni ikki tomon uchun o‘chirishingiz mumkin.

Telegram serverlari o‘chirilgan chatlar va qo‘ng‘iroqlar tarixidagi o‘chirilgan qaydlar haqidagi ma’lumotlarni saqlamaydi, shuning uchun bu ma’lumotlar abadiy yo‘qoladi.

Yaxshilangan ovozli chatlar

Hozir guruhlaringizda (masalan, @TeleUzChat'da) faol bo‘lgan ovozli chatlar endi qo‘ng‘iroqlar bo‘limining yuqori qismida ko‘rsatiladi.

Ovozli chatlarda, shuningdek, ayrim ishtirokchilarning ovoz balandligini sozlash mumkin bo‘ldi. Guruh administratorlari tomonidan o‘zgartirilgan sozlamalar barcha tinglovchilarga qo‘llaniladi.

Yaxshilangan musiqa pleyeri

Pleyerdagi ijrochining ismini bosish orqali siz barcha chatlaringizdagi uning musiqalari to‘liq ro‘yxatiga o‘tishingiz mumkin. "Keyingi musiqa" va "Oldingi musiqa" tugmachalarini tinglash jarayonini tez oldinga yoki orqaga qaytarish uchun bosib ushlab turish mumkin.

Bundan tashqari, ijro etishni boshlash va to‘xtatish paytida musiqa tovushi mayin paydo bo‘ladi va mayin o‘chadi.

Suhbatni boshlash uchun stikerlar

Agar do‘stlaringiz Telegram'da yaqinda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, siz ularga Telegram'ning funksiyalari haqida gapirib berishingiz mumkin — yokida shunchaki taklif qilingan stikerni bir tegish bilan yuborib salomlashishingiz mumkin.

Android'da yangi animatsiyalar

Android'dagi Telegram ilovasi interfeysida yangi animatsiyalar paydo bo‘lmoqda: masalan, fayllarni yuklab olishda, musiqa pleyerida va ilovaga kirgandan chatlar ro‘yxati yuklanishida.

Barcha uchun qulay foydalanish

Android va iOS'dagi Telegram ilovasida TalkBack va VoiceOver funksiyalari qo‘llab-quvvatlashni sezilarli darajada yaxshilandi. Takliflar platformasidan foydalangan holda siz yangi tuzatishlar yoki yangiliklar uchun g‘oyalarni taklif qilishingiz mumkin.

Keyingi yangilanish ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz. Yangiliklarni kuzatib boring!


2021 yil 28-yanvar,
Telegram jamoasi

Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Перенос чатов из других приложений

Русскоязычная версия официальной статьи от Telegram.
Перевод от Telegram.

В этом январе более 100 миллионов новых пользователей выбрали свободу и конфиденциальность — и зарегистрировались в Telegram. С сегодняшнего дня перейти в Telegram стало ещё проще, потому что Вам не придётся расставаться с историей переписки.

Теперь Вы можете перенести в Telegram сообщения, фотографии, видеозаписи и документы из других приложений — например, WhatsApp, Line и KakaoTalk. Это работает как с личными чатами, так и с группами:

Чтобы перенести чат из WhatsApp для iOS, достаточно открыть страницу с информацией о контакте или группе, нажать «Экспорт чата» и выбрать Telegram в меню «Поделиться».

На устройствах Android внутри чата WhatsApp необходимо нажать ⋮ > Ещё > Экспорт чата, а потом выбрать Telegram в меню «Поделиться»:

На iOS в WhatsApp можно экспортировать данные и прямо из списка чатов. Достаточно смахнуть чат влево и выбрать '…' > Экспорт чата.

Экономия места при переезде

Перенесенная в Telegram переписка почти не займет дополнительной памяти на Вашем телефоне. В отличие от старых приложений для обмена сообщениями, Telegram позволяет не хранить сообщения и фотографии из переписки на устройстве. При этом Вы в любой момент можете просмотреть все сообщения, фотографии, видеозаписи и документы.

Очистить память и ограничить объем занимаемого места на диске можно в Настройках: Данные и память > Использование памяти.

Ещё больше конфиденциальности

Ваши данные — это Ваше дело. По этой причине пользователи Telegram могут не только эскпортировать историю сообщений, но и удалять сообщения в любой момент для всех участников переписки, не оставляя следов.

С сегодняшнего дня Вы можете удалять без следа секретные чаты, созданные Вами группы, а также очищать записи в истории звонков с обеих сторон.

Сервера Telegram не сохраняют информации об удалённых чатах и записях в истории звонков, так что эти данные исчезнут навсегда.

Улучшения в голосовых чатах

Голосовые чаты, которые в настоящий момент активны в Ваших группах, теперь показываются вверху вкладки со звонками.

В голосовых чатах также появилась возможность регулировать громкость для отдельных участников. Настройки, изменённые администраторами группы, применяются сразу для всех слушателей.

Улучшения в музыкальном проигрывателе

Нажав на имя исполнителя в проигрывателе, можно перейти к полному списку его треков, находящихся во всех Ваших чатах. Кнопки «следующий трек» и «предыдущий трек» можно зажать для перемотки вперёд или назад.

Кроме этого, звук при запуске и остановке проигрывания теперь появляется и уходит плавно.

Стикеры для начала беседы

Если Ваши знакомые недавно зарегистрировались, Вы можете рассказать им об уникальных функциях Telegram – или просто поприветствовать, отправив предложенный стикер в одно касание.

Новые анимации в Android

В интерфейсе приложения для Android продолжают появляться новые анимации. Например, при скачивании файлов, в музыкальном проигрывателе и при загрузке чатов после входа в приложение.

Универсальный доступ

В Telegram для Android и iOS была значительно улучшена поддержка TalkBack и VoiceOver. Вы можете предложить новые исправления или идеи для нововведений с помощью платформы для предложений.

Мы продолжаем работу над следующим обновлением. Следите за новостями!


28 января 2021,
Команда Telegram


Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page