Telegram 6.0

Telegram 6.0

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

Jildlar, arxiv, statistika va boshqalar

Telegram'ning rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan
tarjimasi.

Ko‘pgina foydalanuvchilarimiz o‘z ishlarida va o‘qishlarida, ayniqsa so‘nggi haftalarda Telegram'ga suyanadilar. Har bir insonning chatlar ro‘yxati kengayib borayotgani tufayli u muhim xabarlarni o‘tkazib yubormasligiga ishonch hosil qilish uchun bugun biz Jildlarni taqdim etmoqdamiz.

Agar sizda chatlaringiz juda ko‘p bo‘lsa, endi Jildlar yordamida siz o‘yin-kulguni ishdan yoki o‘qishni oilaviy ishlardan ajratib qo‘yishingiz mumkin. Keyin bir sahifadan ikkinchisiga o‘tish va istalgan chatingizni topa olishingiz uchun ekranni chapga yoki o‘ngga suring.

Siz ma’lum turdagi barcha chatlarni (masalan, Kanallar yoki O‘qilmaganlar) yoki birma-bir kerakli chatlarni tanlab papkalarga qo‘shishingiz yoki ulardan chiqarib tashlashingiz mumkin.

Sizning chatlaringiz soni juda katta bo‘lsa (100tadan kam emas), Jildlar siz uchun ham mavjud bo‘ladi. Shuningdek, siz hech kutmasdan Jildlarni "yoqish" niyatida bo‘lsangiz ilovangizda ushbu havolani ishlatishingiz mumkin.

Cheksiz qadalgan chatlar

Har bir jildingizda xohlaganingizcha qadalgan chatlar bo‘lishi mumkin.

Arxiv

Jildlar ba’zi suhbatlaringizni ko‘zga tashlanadigan qilish uchun kerak. Agar qaysidir chatlaringizni yashirishni istasangiz, ularni arxivlab ko‘ring.

Chatni Arxivlangan chatlar jildiga o‘tkazish uchun uni chap tomonga suring. Arxivlangan chatda ovozli bildirishnoma kelganda, u Arxivlangan chatlar jildidan chiqadi va chatlar ro‘yxatingizga qaytadi. Tovushli bildirishnomalari o‘chirilgan chatlar arxivda abadiy qolaveradi.

Arxivni chatlar ro‘yxatida chapga surish orqali yashirishingiz mumkin. U yana ko‘rsatilishi uchun ro‘yxatni pastga torting.

Android'da Jildlardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, chatni arxivlash uchun uni chapga surish imkoniyati ishlamaydi. Buning o‘rniga, harakatlar menyusini ochish uchun chatni bosib ushlab turishingiz mumkin, bu yerda siz bir nechta chatlarni tanlashingiz, so‘ng ularni qadashingiz, ularning tovushini o‘chirib qo‘yishingiz, barchasini bir vaqtning o‘zida arxivlashingiz yoki o‘chirishingiz mumkin.

Telegram Desktop bilan sinxronlash

Telegram'dagi hamma narsa singari (Maxfiy Chatlardan tashqari) sizning Jildlaringiz boshqa ulangan barcha ilovalar, shu jumladan Telegram Desktop bilan mukammal sinxronlashadi.

Kompyuteringiz ekranidagi qo‘shimcha bo‘sh joy tufayli biz jildlar uchun yon panelni, shuningdek siz jildlaringizni osonroq farqlashingiz uchun bir nechta ikonkalarni qo‘shdik:

Ko‘p platformali Telegram Desktop yoki MacOS uchun maxsus ilovamizni yuklab oling. Agar siz ulardan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, bilingki, siz Telegram'ning faqat yarmidan rohat olmoqdasiz.

Kanal statistikasi

Agar sizda 1000 dan ortiq obunachilarga ega kanalingiz bo‘lsa, endi siz uning o‘sishi va postlarining natijalari to‘g‘risida batafsil statistikani ko‘rishingiz mumkin.

Ushbu ma’lumot yordamida qaysi turdagi postlaringiz yaxshi, qaysilari esa undan ham yaxshiroq ekanligini bilib olishingiz mumkin. Kichik maslahat: mushuklar tasvirlangan rasmlar eng samarali ekanligini unutmang. :)

Android'dagi ovoz yozish animatsiyasi

Dizaynerlarimiz ovozli yoki videoxabar yozayotganingizda barmog‘ingiz ostiga ajoyib to‘lqinli animatsiyani qo‘shishdi.

Kun maslahati: yozish jarayonini qulflash va tugmachani ushlab turmasdan so‘zlashingizni davom ettirish uchun barmog‘ingizni yuqoriga ko‘tarishingiz kifoya ekanligini bilasizmi?

Yangi jonlantirilgan emojilar

Bizning jonlantirilgan emojilar safiga kiritilgan so‘nggi qo‘shimchalar sizga jasur bo‘lishga yordam beradi va do‘stlaringizni xavfsiz va sog‘lom bo‘lishga chorlaydi. Ularni tekshirish uchun har qanday suhbatga 🦠, 🤒, 😷, 🤕, 🤧, 🤢, 🤮 yoki 🚑 ni yuboring.

Bizning stikerlarimizning ham aksariyati endi so‘nggi voqealardan ortda qolishmayapti. Har qanday suhbatda 🦠 ni yuboring va takliflarni ko‘rib chiqing:

Va yana bir narsa

Butun dunyo qattiq izolyatsiyada bo‘lganida siz stol o‘yinlarini sog‘inmoqdamisiz? Animatsiyali shashqoldan kafolatlangan tasodifiy raqamni olish uchun istalgan chatda 🎲 ni yuboring.

Omadingizni sinab ko‘rish imkoniyatidan tashqari, guruhdagi o‘tkazilgan so‘rovnoma yoki do‘stona bahslar bitta yechimga olib kelmagan vaziyatlarda siz jonlantirilgan shashqolni bir qarorga kelish vositasi sifatida ham ishlatishingiz mumkin. 1 dan 6 gacha bo‘lgan bir raqamni ayting va shashqolni oting — tushgan raqamga eng yaqin bo‘lgan g‘alaba qozonadi!

Uyda qoling, xavfsizlikda bo‘ling va keyingi yangilanishlarimizdan xabardor bo‘ling!


2020 yil 30 mart,
Telegram jamoasi


Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Папки, архив, статистика каналов и другое

Русскоязычная версия официальной статьи от Telegram.
Перевод от Telegram Uzbekistan.

Многие наши пользователи полагаются на Telegram в своей работе и учёбе, тем более в последние недели. Чтобы убедиться, что списки чатов каждого могут справиться с возросшей нагрузкой, и вы не пропустите важные сообщения, сегодня мы представляем Папки.

Если у вас слишком много чатов, теперь вы с помощью Папок можете отделить веселье от работы или семейные дела от дел учебных. Затем проведите пальцем влево/вправо по экрану, чтобы переходить между вкладками и быстро получить доступ к любому из ваших чатов.

Вы можете добавлять или исключать из папок как все чаты определённого типа (например, Каналы или Непрочитанные), так и чаты по одному.

Папки станут доступными, когда число ваших чатов будет слишком большим (не менее 100 чатов). Кроме того, вы можете использовать эту ссылку в своём приложении, чтобы включить функцию Папок.

Неограниченные закреплённые чаты

В каждой из ваших папок может быть столько закреплённых чатов, сколько вам захочется.

Архив

Папки нужны, чтобы сделать ваши некоторые чаты более заметными. Если вы хотите скрыть некоторые из ваших чатов от посторонних глаз, попробуйте вместо этого заархивировать их.

Проведите пальцем влево по чату, чтобы перенести его в папку архивированных чатов. Когда в заархивированном чате придёт звуковое уведомление, он выскочит из папки и вернётся в ваш список чатов. Чаты с отключёнными звуковыми уведомлениями остаются заархивированными навсегда.

Вы можете спрятать архив, сдвинув его влево в списке чатов. Чтобы его отобразить, потяните список вниз.

На Android, если вы уже используете Папки, сдвиг чата влево не будет работать для архивирования. Вместо этого, вы можете нажать и удерживать чат, чтобы открыть меню действий, где вы можете выбрать несколько чатов, а затем закрепить их, отключить звук в них, архивировать или удалить их всех сразу.


Синхронизация с Telegram Desktop

Как и всё в Telegram (за исключением Секретных Чатов), ваши Папки будут безупречно синхронизированы со всеми другими подключёнными приложениями, включая Telegram Desktop.

Благодаря дополнительному пространству на экране вашего компьютера, мы добавили боковую панель папок, а также несколько значков, чтобы сделать ваши папки более узнаваемыми:

Получите многоплатформенный Telegram Desktop или наше нативное приложение для MacOS. Если Вы их не используете, то наслаждаетесь только половиной Telegram.

Статистика канала

Если у вас есть канал с более чем 1000 подписчиками, то теперь вы можете просмотреть подробную статистику о его росте и эффективности постов.

С помощью этой информации вы сможете узнать, что работает хорошо, а что — ещё лучше. Подсказка: лучше всего работают картинки с кошками. :)

Анимации записи голоса на Android

Наши дизайнеры добавили причудливую волнистую анимацию под вашим пальцем, когда вы записываете голосовое или видеосообщение.

Подсказка дня: знаете ли вы, что вы можете потянуть палец вверх во время записи, чтобы заблокировать запись и продолжать говорить, не удерживая кнопку?

Новые анимированные эмодзи

Последние дополнения к нашей армии анимированных эмодзи могут помочь вам быть смелыми и призывают ваших друзей оставаться в безопасности и здоровыми. Отправьте 🦠, 🤒, 😷, 🤕, 🤧, 🤢, 🤮, 🧼 или 🚑 в любой чат, чтобы проверить их.

Большинство наших стикеров теперь тоже следуют последним событиям. Введите 🦠 в любом чате и ждите предложений:

И ещё кое-что

Скучаете по настольным играм, пока весь мир в строгой изоляции? Отправьте 🎲 в любой чат, чтобы получить гарантированно-случайный номер от анимированных игральных костей.

Помимо возможности проверить свою удачу, вы также можете использовать его как тай-брейкер, если групповой опрос или дружеские дебаты не сходятся на одном решении. Загадайте число и бросьте кость — победит тот, кто оказался ближе всех!

Оставайтесь дома, будьте в безопасности и следите за нашими следующими обновлениями!


30 марта 2020,
Команда Telegram


Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page