Telegram 5.10
Telegram Uzbekistan🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.
Ovozsiz xabarlar, guruh administratorlarining unvonlari va sekin rejim

Telegram'ning rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.
Oldingi yangilanish Telegram'ga ko‘proq harakat olib keldi — bu ko‘proq xotirjamlik keltirdi. Endi siz do‘stlaringiz uxlayotganlari, o‘qiyotganlari yoki yig‘ilishda qatnashayotganini bila turib, ular bilan bemalol xabar almashishingiz mumkin.
Yuborish tugmasini bosib ushlab turing, shunda har qanday xabar yoki multimedia tovushsiz yetkaziladi.
Qabul qiluvchiga odatdagidek bildirishnoma yuboriladi, lekin "Bezovta qilinmasin" rejimini yoqishni unutgan bo‘lsa ham uning telefoni ovoz chiqarmaydi.

Bu guruhlarda ham ishlaydi: agar sizda ertalab soat beshda zarur g‘oyangiz bo‘la turib, ish guruhidagilarni uyg‘otish uchun yetarli darajada zarur bo‘lmasa, shu imkoniyat sizga juda yordam beradi.
Sekin rejim
Agar siz boshqarayotgan guruhni kuzatib borish qiyin bo‘lsa, endi Guruh ruxsatlari bo‘limida Sekin rejimni yoqish tugmasi mavjud.

Agar administrator guruhda sekin rejimni yoqsa, tanlangan vaqt oralig‘ida siz faqat bitta xabarni yuborishingiz mumkin. Taymer keyingi xabarni yuborishdan oldin qancha kutishingiz kerakligini ko‘rsatadi.

Sekin rejim har bir alohida xabarning qiymatini oshirish bilan bir vaqtda guruhda suhbatlarni tartibda tutish imkonini beradi. Uni yoqib qo‘ying yoki shoshilinch ravishda xabarlar oqimini sekinlashtirish uchun uni kerak vaqtda yoqing.
Administrator unvonlari
Agar vaqtni boshqarishda yangi imkoniyatlari yetarli bo‘lmasa, endi guruh egalari "Guruh qirolichasi", "Qattiqqo‘l nazoratchi" yoki "Bosh qo‘riqchi" singari administratorlarga istalgan unvonlarni belgilashi mumkin.

Oddiy "admin" yorliqlari kabi, guruh administratorlarining har bir xabari bilan birga maxsus sarlavhalar ham namoyish qilinadi, shunda ishtirokchilar belgilangan "Sherif" bilan gaplashayotganlarini bilishadi.

Istalgan sarlavha qo‘shish uchun Guruh sozlamalarida administrator huquqlarini o‘zgartiring.
Vaqt belgilari va kadrlarni oldindan ko‘rish
Endi videolar siz izlayotgan lahzani topishga yordam beradigan kadrlarni oldindan ko‘rishni namoyish etadi.
Agar siz videoning sarlavhasiga vaqt belgisini qo‘shsangiz (masalan, 0:45 kabi), u avtomatik ravishda havola sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Vaqt belgisini bosish videoni kerakli joydan o‘ynatadi. Bu agar siz videoga javob berishda vaqt belgisini ko‘rsatsangiz ham ishlaydi.
Agar siz sevimli videongizni ulashishda o‘zingizning sevimli lahzangizni belgilab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, vaqt belgilari YouTube'dagi videolar uchun ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Jonlantirilgan emojilar
Sizda jonli stikerlar mavjud. Oldinga yana bir qadam tashlashimiz va animatsion emojilarni taqdim etsak nima deysiz? Ularni sinab ko‘rish uchun istalgan chatga bir xabarda quyidagi emojilardan bittasini yuboring:
❤️, 👍, 😒, 😳 yoki 🥳.
Agar so‘nggi paytlarda sizning hayotingiz juda "animatsionlangan" deb tuyulsa, endi "Stikerlar sozlamalari" menyusida qayta o‘ynalish sozlamasi mavjud. Agar u o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa, animatsion stikerlar faqat bir marta o‘ynaydi va keyin qimirlamay turib qoladi.
Android ilovasidagi yangi biriktirma menyusi
Android'dagi biriktirma menyusi o‘zgardi: media uchun joyni kengroq qildi. Rasmlar va videolarning katta miniatyuralari ularni bir qarashda tanlashni osonlashtiradi va yuqoriga siljitish butun galereyani osonroq ko‘rish uchun ochadi.
Biriktirmalarning o‘zga turlariga, masalan, joylashuv, so‘rovnomalar va musiqa'ga o‘tish uchun chapga va o‘ngga suring. Mediani tanlashda "..." tugmachasini bosib, ushbu mediani siqilmagan hujjatlar sifatida yuboring (foto/videoni fayl sifatida yuborish).

iOS'da tungi rejim uchun asosiy ranglar
Endi iOS foydalanuvchilari tungi mavzular uchun asosiy ranglarni tanlashlari mumkin. Axir, tun har doim ham qora va ko‘k rangda bo‘lishi shart emas.
Sharhlar vidjeti
Kanaldagi xabarlarni sharhlash uchun bizning vositamiz bo‘lgan Comments.App ilovasi endi saytingizga sharh vidjetini qo‘shishga imkon beradi.
Vidjet o‘rnatilgandan so‘ng, Telegram foydalanuvchilari tizimga ikki harakatda kirishlari va matn va fotosuratlar bilan izohlar qoldirishlari, boshqa foydalanuvchilarning izohlariga javob berishlari, shuningdek "Yoqdi" va "Yoqmadi" belgilarini qo'yishlari mumkin.
Shuningdek, foydalanuvchilar sharhlarga obuna bo‘lishlari va @Discussbot'dan bildirishnomalar olishlari mumkin.

Vidjetni sinab ko‘rish uchun ushbu sahifani brauzeringizda oching — u Instant View sahifalarini qo‘llab-quvvatlamaydi... hozircha. 😈
Hozircha shu. Xavotir olmang — Telegram'ning navbatdagi yangilanishi jimgina e’lon qilinmaydi.
2019 yil 9-avgust
Telegram jamoasi
Maqolani ulashish →
⬆️ Yuqoriga

Беззвучные сообщения, должности для администраторов групп и медленный режим

Русскоязычная версия официальной статьи от Telegram.
Перевод от Telegram Uzbekistan.
Предыдущее обновление принесло Telegram больше движения — это принесло больше душевного спокойствия. Теперь вы можете свободно обмениваться сообщениями с друзьями, когда знаете, что они спят, учатся или посещают собрание.
Просто нажмите и удерживайте кнопку Отправить, чтобы любое сообщение или мультимедиа было доставлено без звука.
Получатель получит уведомление как обычно, но его телефон не будет издавать звук, даже если он забыл включить режим "Не беспокоить".
Это также работает в группах, если у вас есть срочная идея в пять утра, но не достаточно срочная, чтобы разбудить всех в рабочей группе.
Медленный режим
В случае, если группе, которой вы управляете, становится трудно уследить, раздел Разрешения группы теперь имеет переключатель Медленный режим.
Если администратор включит медленный режим в группе, вы сможете отправлять только одно сообщение за выбранный интервал времени. Таймер покажет, сколько времени вам нужно ждать, прежде чем отправлять следующее сообщение.
Медленный режим позволяет упорядочить разговоры в группе, повышая при этом ценность каждого отдельного сообщения. Держите его постоянно включённым или, при необходимости, включайте, чтобы замедлить поток сообщений в час пик.
Должности администраторов
Если новых возможностей управления временем недостаточно, владельцы групп теперь могут устанавливать свои звания для администраторов типа «Королевы мемов», «Спам-молота» или «Эль-Дудерино».
Как и в случае со стандартными администраторскими ярлыками, пользовательские заголовки отображаются вместе с каждым сообщением в группе, чтобы участники знали, что они разговаривают с назначенным «Шерифом».
Чтобы добавить пользовательский заголовок, измените права администратора в Настройках группы.
Метки времени и Улучшенная перемотка
Видеоролики теперь отображают предварительные просмотры миниатюр, чтобы помочь вам найти момент, который вы искали.
Если к подписи к видео добавить метку времени, например, как 0:45, она будет автоматически выделена в качестве ссылки. Нажатие на метку времени воспроизведёт видео с нужного места. Это также работает, если вы упоминаете временную метку при ответе на видеозапись.
Метки времени также поддерживаются для видео на YouTube, если вы хотите отметить ваши любимые моменты при отправке любимого видеоролика.
Анимированные эмодзи
Когда у вас есть анимированные стикеры, почему бы вам не сделать ещё один шаг вперёд и не получить анимированные эмодзи? Чтобы проверить их, отправьте в любой чат по одному эмодзи в каждом сообщении:
❤️, 👍, 😒, 😳 или 🥳.
Если в последнее время ваша жизнь кажется слишком анимированной, в меню «Настройки стикеров» теперь предусмотрен переключатель для замкнутого воспроизведения. Если оно отключено, анимированные стикеры будут воспроизводиться только один раз, а затем стоять неподвижно.
Новое меню вложений в приложении для Android
Меню приложений в Android преобразилось, добавив больше пространства для медиа. Большие миниатюры облегчают выбор фотографий и видео с первого взгляда, а пролистывание вверх откроет вам всю галерею для более удобного просмотра.
Вы можете прокручивать влево и вправо для перехода в другие варианты вложений, такие как местоположение, опросы и музыка. При выборе медиа коснитесь кнопки «...», чтобы отправить эти медиа в виде несжатых документов (отправить фото/видео как файл).

Основные цвета для ночного режима на iOS
Теперь пользователи iOS могут выбирать основные цвета для ночных тем. Ночь не всегда должна быть чёрно-синей, в конце концов.
Виджет комментариев
Приложение Comments.App, наше средство для комментирования сообщений на канале, теперь позволяет добавлять виджет комментариев на ваш сайт.
После установки виджета на страницу, пользователи Telegram смогут войти в систему в два касания и оставлять комментарии с текстом и фотографиями, отвечать на комментарии других пользователей, а также ставить метки «Нравится» и «Не нравится».
Пользователи также могут подписаться на комментарии и получать уведомления от @Discussbot.

Откройте эту страницу в браузере, чтобы попробовать новый виджет — он не поддерживает страницы Instant View... пока что. 😈
На этом пока всё. Не волнуйтесь — очередное обновление Telegram не будет объявлено тихо.
9 августа 2019 года
Команда Telegram
Поделиться статьёй →
⬆️ Вверх