Telegram • Verified badge
Asilbek Bexbudiyev. @Bekhbudiyev"Tasdiqlangan" belgisini qanday olish mumkin?.

Fikrimcha, eng tez-tez beriladigan savollardan biri.
Demak:
Telegram jamoasi faqat boshqa platformalarda tasdiqlangan sahifalarga ega bo‘lgan katta va faol rasmiy kanallar, ommaviy guruhlar yoki botlarni tasdiqlaydi.

Telegram sizning so‘rovingizni qabul qila olishi uchun sizda quyidagi tarmoqlarning barchasida tasdiqlangan sahifalaringiz bo‘lishi lozim:
1. Twitter
2. Instagram yoki Facebook (ikkisidan birining o‘zi kifoya);
3. Youtube.
Agar ushbu shartlar bajarilgan bo‘lsa, sahifalar haqiqatan ham sizga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilishimiz uchun biz sizdan o‘sha tarmoqlardagi sahifalaringizda (masalan, sahifa tavsifida) Telegram-kanalingizga havola joylashtirishingizni so‘raymiz.
Agar siz haqingizda Vikipediyada maqolangiz bo‘lsa, u yuqorida boshqa platformalarda talab qilingan tasdiqlangan akkauntlarning birini o‘rnini bosishi mumkin. Bunday holda, maqola sizning Telegram-kanalingizga havolaga ega bo‘lishi va Vikipediyaning ahamiyati mezonlari va qoidalariga mos kelishi kerak.
Shu shart ham bajarilgandan so‘ng barcha sahifangizga havolalarni bizga Qo‘llab-quvvatlash markaziga yuboring.
Afsuski, hozirgi paytda Telegram'ga juda ko‘p so‘rovlar kelib tushayotgani tufayli tasdiqlash kafolatlanmaydi.
Telegram'dagi "tasdiqlangan" belgi hech qanday qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etmasligini unutmang. Bu belgi xolos.
Sizning Telegram-kanalingiz rasmiy ekanligini ko‘rsatishni istasangiz, misol uchun, rasmiy veb-sayt yoki boshqa tarmoqlarda unga havolani joylashtirishingiz mumkin.
Plus_Uz kanaliga obuna bo'ling va Plus_Uz_chat guruhiga guruhiga a'zo bo'ling.
Savol va shikoyatlar uchun Muallif'ga murojaat qiling