Telegram & 400 million

Telegram & 400 million

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.

400 million foydalanuvchi, 20000 ta stiker, yangilangan soʻrovnomalar va oʻquv testlari uchun 400 ming yevro

Tasvirda: Yovvoyi hayvonlar, xuddi bu Telegram iti kabi karantin davomida boʻsh shaharlarga qaytishdi
Telegram'ning rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram tarjimasi.

Telegram oylik faol foydalanuvchilari soni 400 million nafarga yetdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 100 millionga koʻproq.

Har kuni kamida 1,5 million yangi foydalanuvchi Telegramdan roʻyxatdan oʻtadi. Jildlarbulut xotirasi va kompyuterdan kirish imkoniyati Telegramni karantin davrida masofadan turib ishlash va oʻqish uchun ideal vositaga aylantiradi. Telegram dunyoda 20 dan ortiq mamlakatlarda eng koʻp yuklab olingan ijtimoiy tarmoq ilovalari roʻyxatida birinchi oʻrinda turganligining ajablanarli tomoni yoʻq – dunyo boʻylab odamlar katta tezlik bilan Telegramga oʻtishmoqda.

Telegramning oxirgi 7 yil ichida oʻsishi

Telegramni 7 yil avval ishga tushirganimizda, biz odamlar har doim erkinlik va sifatni cheklovlar va oʻrtamiyonalikdan afzal koʻradi, deb hisoblar edik. Telegram va uning eskiroq raqobatchilari orasidagi masofa qisqarishi bilan eski fikrlarimiz toʻgʻriligiga yanada amin boʻlmoqdamiz. Aqlli va erkin boʻlganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Kelgusida nimalarni rejalashtirmoqdamiz? Ayni paytdagi butun dunyo boʻyicha yakkalanish videomuloqot uchun ishonchli vositalar qanchalik yetmayotganini koʻrsatdi. 2020-yilda videochaqiruvlar huddi 2013-yilda xabarlar kabi hayotning bir qismiga aylandi. Xavfsizlik yoki qulaylikni taklif qiladigan ilovalar mavjud, lekin har doim ulardan birini tanlashga toʻgʻri keladi. Biz buni tuzatishga umid qilamiz va 2020-yilda xavfsiz guruh videochaqiruvlarini ishga tushirmoqchimiz.

U paydo boʻlishi bilan, biz u haqida blogda yozamiz. Shunday ekan, soʻrashni toʻxtating. 😈

Yangilangan soʻrovnomalar

Biz foydalanuvchilar bilimlarini sinashlari uchun Telegram soʻrovnomalarga Viktorina rejimini yanvar oyida qoʻshgan edik. Oxirgi haftalarda Telegram History and Features kabi @QuizBot orqali yaratilgan oʻquv testlari va viktorinalari ommalashayotganini kuzatdik. Bugungi yangilanish viktorinalarning taʼlimga oid imkoniyatlarini kengaytiradi.

Endi foydalanuvchilar viktorina savollariga javob berishganida paydo boʻladigan izohlarni qoʻshishingiz mumkin. Izohlar tufayli foydalanuvchilar xatolaridan oʻrganishi mumkin boʻladi, viktorinalar esa nafaqat bilimlarini tekshirish, balki oʻrganish imkonini ham beradi.

Qiziqarli fakt: tinchlik ramzi sifatida dunyo boʻylab sayohat qiluvchi ulkan rezina oʻrdak mavjud. U koʻrganlarimiz ichida eng yoqimtoy, eng dahshatli narsa.
Masalan, Telegram History and Features boʻyicha ushbu tezkor testni sinab koʻring.

@QuizBot orqali viktorina yaratilganida, savollar uchun javob berish vaqtini cheklash mumkin – bu viktorinalarni yanada qiziqarliroq qiladi, ulardan talabalar guruh chatlarida imtihonga tayyorlanish uchun tez-tez foydalaniladi. Yangi animatsiyali taymer bilan har bir ishtirokchi unda javob berish uchun qancha vaqt qolganini koʻrishi mumkin.

Oʻquv testlari tuzuvchilar uchun 400 ming yevro

Ayni paytda 2 milliard oʻquvchilar maktablardan uzoqda va dunyo onlayn taʼlim vositalariga juda muhtoj. Biz bu muammoni hal qilish maqsadida barcha fanlar va darajalar uchun oʻquv testlari maʼlumotlar bazasinini yaratish orqali hissa qoʻshmoqchimiz. Buni amalga oshirish uchun bugun biz oʻquv testlari tuzuvchilar uchun 400 ming yevro sovrin jamgʻarmali tanlov eʼlon qilmoqdamiz.

Ishtirok etish uchun @QuizBot yordamida istalgan qiyinchilik darajasida istalgan mavzudaistalgan tilda mualliflik oʻquv testlarini tuzing. Oʻzbek tilida Oʻrta asrlar Yevropa tarixidan tortib, nemis tilida Mikrobiologie für Expertengacha – savollaringizga kerakli istalgan mediafaylni qoʻshing, lekin muallifllik huquqiga amal qiling.

Tanlovga ariza topshirgan viktorinalar ichki qidiruvli katalogga qoʻshiladi. Ularni sifati va ommabopligi asosida bir nechta bosqichda eʼlon qilamiz. Birinchi bosqich uchun arizalar 15-maygacha qabul qilinadi.

Telegram jamoasidan ushbu va boshqa tanlovlar @contest kanalida eʼlon qilinadi. Oʻtgan yilning oʻzida biz tanlovlar gʻoliblariga 2 million yevro tarqatdik. 💰

20000 ta stiker

Telegram stikerlar uchun ular birinchi marta eʼlon qilinganidan buyon yillar davomida mashhur boʻlib keldi, lekin bugungacha barcha eng yaxshi stikerlarni birdan koʻrishning iloji yoʻq edi. Yangi stiker katalogini kutib oling. U yerda oxirgi 5 yil ichida yaratilgan 20000 tadan ortiq yuqori sifatli Telegram stikerlarini koʻrishingiz mumkin.

Stikerlar harakatsiz boʻlgan vaqtlarni eslaysizmi? Oq-qora boʻlganinichi?

Biror toʻplamni topish uchun qidiruvdan foydalanishingiz mumkin yoki agar Stikerlar muzeyi tarixi boʻylab sayohat qilishni xohlasangiz, roʻyxat boʻylab aylantirishingiz va bugungi ommaboplardan boshlab, yer yuzida eng birinchi Stiker sapienslargacha tomosha qilishingiz mumkin.

Androidda yangi biriktirmalar menyusi

Androidda biriktirma menyusining barcha boʻlimlari kengayadigan oynada ochiladi, ular menyuni qulayroq va foydalanish uchun osonroq qiladi. Shuningdek, ular animatsiyali ikonkalar bilan toʻldirildi.

Bizga ayniqsa joylashuvni ulashish ikonkasi yoqadi. U yana hamma koʻchaga chiqishini sabrsizlik bilan kutmoqda.

MacOS uchun yangilanishlar

MacOS uchun Telegram foydalanuvchilari Ulashilgan mediafayllarga bevosita qayta dizayn qilingan profil sahifalaridan kirishi mumkin. Koʻplab jildlari borlarga Telegram Desktop uslubidagi ikonkalar bilan jild yon paneli yoqishi mumkin.

Quyidagi skrinshot yangilangan ilova ichidagi rasm tahrirlagichi orqali yaratilgan. Endi u rasmlarni yuborishda va tahrirlashda ularga chizish imkonini beradi:

Telegram qoʻllab-quvvatlash xizmati tomonidan isbotlangan: rasmdagi tezkoq qizil aylana minglab soʻzlarga nisbatan ANCHA yaxshiroq.

Nishonga aniq urish

Oxirgi yangilanishdan 🎲 emojisiga qoʻshimcha sifatida endi animatsiyali nishon 🎯 emojisi orqali istalgan chatda birinchi boʻlib nishonga urishga urinib koʻring.

Idish-tovoqni kim yuvishini qaror qilishning zamonaviy va qiziqarli usuli.

Umid qilamizki, ushbu yangilanish sizlarga – barcha 400 million foydalalanuvchilarimizning har biriga yoqadi.


2020-yil, 24-aprel

Pavel Durov

Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

400 миллионов пользователей, 20 000 стикеров, улучшенные опросы и €400K для авторов образовательных тестов

На опустевшие городские улицы вернулись такие животные, как собака Telegram.
Русскоязычная версия официальной статьи от Telegram.
Перевод от Telegram.

Telegram достиг отметки в 400 000 000 активных пользователей. Это на 100 миллионов больше, чем год назад.

Каждый день в Telegram регистрируется не менее 1.5 миллиона человек. Папкиоблачное хранилище, поддержка работы с компьютеров — все это делает Telegram незаменимым инструментом для работы и учебы во время карантина. Неудивительно, что сегодня Telegram занимает первое место в AppStore в списке самых загружаемых мессенджеров и социальных сетей в более чем 20 странах. Всё больше и больше людей по всему миру переносят общение в Telegram.

Рост Telegram за последние 7 лет.

Взявшись за создание мессенджера 7 лет назад, мы исходили из того, что люди всегда предпочтут свободу и качество ограничениям и посредственности. Сегодня, глядя на рост популярности Telegram, мы всё больше убеждаемся в верности этого изначального предположения. Спасибо всем вам за доверие, ум и стремление к свободе.

Что дальше?

Режим глобальной самоизоляции показал, что мир нуждается в надежных инструментах видеокоммуникации. Сервисы видеозвонков в 2020 году напоминают мессенджеры в 2013: они предлагают либо удобство, либо безопасность. Наша цель — объединить оба этих качества в одном сервисе. Поэтому в этом году мы сосредоточимся на создании технологии безопасных групповых видеозвонков. Запуск планируется до конца 2020-го года.

Обновлённые викторины

В январском обновлении мы поддержали викторины – опросы с правильным ответом. Особенно актуальными такие опросы стали в последнее время — мы обратили внимание на всплеск популярности образовательных тестов, которые пользователи создают с помощью @QuizBot.

В сегодняшнем обновлении появилась возможность добавить к викторинам объяснение правильного ответа. Благодаря таким объяснениям, участники смогут учиться в процессе прохождения тестов. Таким образом, с помощью викторин теперь можно не только проверять знания, но и обучать новому.

Интересный факт: есть также гигантская резиновая утка, которая путешествует по разным странам как символ мира. Необыкновенно мило и необыкновенно жутко.
Обновив приложение, Вы сможете опробовать новые функции в тесте Telegram: История и Функционал.

При создании теста с помощью @QuizBot можно ограничить время на ответы. Такой таймер добавит соревновательный элемент, который может быть востребован как в развлекательных, так и в студенческих групповых чатах. Новый анимированный таймер показывает каждому участнику теста, сколько времени осталось на ответ.

€400K для авторов тестов

В результате карантина два миллиарда учащихся по всему миру перестали ходить в школы. Мы в Telegram хотели бы содействовать созданию инструментов для дистанционного образования. Поэтому сегодня мы объявляем конкурс для авторов образовательных викторин. Этот конкурс призван заложить основы для базы данных тестов самой разной направленности. Суммарный призовой фонд — 400 000 евро.

Чтобы принять участие, достаточно опубликовать с помощью @QuizBot авторский образовательный тест на любом языкелюбой сложностина любую тему. Вы можете выбрать что угодно, от Средневековой истории для начинающих на русском языке до микробиологии для экспертов на немецком — но необходимо, чтобы тест и использованные в нём иллюстрации не нарушали авторских прав.

Все тесты, заявленные на конкурс, будут опубликованы в общем каталоге со встроенным поиском. Оценив качество и популярность предложенных тестов, мы наградим их авторов в несколько этапов. Заявки на первый этап принимаются до 15 мая.

Новости об этом и других конкурсах от команды Telegram доступны в канале @contest. Только за прошлый год мы распределили между победителями конкурсов 2 миллиона евро. 💰

20 000 стикеров

Telegram годами славился стикерами, но до сегодняшнего дня не было простого способа просмотреть все лучшие наборы за историю существования Telegram. Представляем новый каталог стикеров, где собраны 20 000 бесплатных и качественных наборов со стикерами, созданных профессиональными художниками за последние 5 лет.

Помните, когда-то стикеры были неподвижными? А чёрно-белыми?

Вы можете использовать поиск, чтобы найти определённый набор, либо пролистать всю коллекцию стикеров, от новейших злободневных наборов до классических первых сетов Telegram.

Обновлённое меню отправки медиа на Android

Меню отправки медиа на Android стало плавнее, удобнее и обзавелось анимированными иконками. Все его разделы теперь разворачиваются в виде слоев на экране чата.

Нам особенно нравится иконка для отправки геопозиции. Она терпеливо ждёт, когда все снова выйдут на улицы.

Нововведения для MacOS

Пользователи Telegram для macOS теперь могут перейти в меню с общими медиа прямо из обновлённых профилей. Те, кто использует много папок, оценят новую боковую панель папок со значками, уже знакомыми по Telegram Desktop.

Скриншот ниже был сделан с помощью встроенного фоторедактора приложения: теперь оно позволяет рисовать на изображениях перед отправкой и при редактировании.

Проверено поддержкой Telegram: красный круг на картинке эффективнее любых объяснений.

Дартс

В дополнение к анимированному эмодзи 🎲 из прошлого обновления, испытать удачу можно теперь броском дротика: отправьте анимированный эмодзи 🎯 в любой чат и попробуйте первым попасть в цель.

Стильный и увлекательный способ решить, кто моет посуду.

Надеемся, что это обновление порадует каждого из наших 400 000 000 пользователей. Работаем дальше.


24 апреля 2020,

Павел Дуров


Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page