Hi, i saw very good site for bean you
@fichauz
Mana bu turdagi xabar haqida eshitgan bo‘lishingiz kerak. Havoladan o‘tib telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tasiz va frilanserlik qilasiz. Bu — loxotron: telefon raqamingizni kiritasiz, sms-kod keladi, kodni kiritasiz, sizning akkauntingizga kimdir ulanadi (mening holatimda Niderlandiyadan bo‘ldi, demak VPN arzoni yoki bepul bo‘lishi mumkin). Va biroz o‘tib akkauntingizdan chiqarib yuboradi (Конфиденциальность - Активные сеансы - Завершить все).
Akkaunt o‘g‘irlanishi qanaqa bo‘lar ekan deb ushbu loxotrondi sinab ko‘rdim (nima bo‘lishini bilardim, lekin qanaqa usul bilan).
Avval fake-raqamga Telegram akkaunt ochdim. Keyin scam-havolaga kirdim. Google qidiruvda chiqmagan freelance-online sayti ochildi. Avvaliga bitly.com xizmati ham bu havolada bir gap borligini aytib ogohlantirdi.

Saytga o‘tdim, raqamni kiritdim. Va sms-kod kelishni boshladi. To‘g‘ri kiritsam ham avvaliga ishlamadi. Ikki bosqichli kirish yoniq edi va uni o‘chirdim. Keyin ishladi :)



“Register” tugmasini bosganimda “73941” kodi bir necha marotaba takroran kelaverdi. Va nihoyat Niderlandiya IP-manzilidan kimdir kirib meni akkauntimdan chiqarib yubordi.
Saytda esa qo‘yidagi bo‘lim paydo bo‘ldi:

BTC ham, ETH tugmasi ham ishlamadi. Hech qaysi tugma saytda ishlamaydi. Bu xabar nima ekanligiga chalg‘ib turgan paytimda akkauntdan chiqarib yuborishdi (yaxshi g‘oya, saqlab qo‘yish kerak).
Akkauntdan chiqarib yuborgani qaramasdan baribir kirdim va yana chiqarib yubordi. Bu holat takrorlanaverdi va nihoyat:

Directed by Robert B. Weide
Xulosa: Никому не давайте код, даже если его требуют от имени Telegram! Kodni hech kimga aytmang, — tarjimasi.
