📆 Tayyorlov kursi
Tayyorlov kursi haqidagi savollarga javoblar • 23 апреля 2023 в 17:21"Hazratim yo'lidan" tayyorlov kursi haqidagi batafsil ma'lumotlarni tez orada telegram kanalimizda e'lon qilib boramiz.
1) Tayyorlov kursiga qabul qachon boshlanadi?
Javob: Tayyorlov kursi uchun qabul 1-mayda boshlanib 10-mayga qadar davom etadi.
2) Tayyorlov kursi qachon boshlanadi ?
Javob: Tayyorlov kursi 15-maydan boshlanib 15-iyulga qadar davom etadi. (2 oy)
3) Tayyorlov kursida nimalar o'rgatiladi?
Javob: Kursda arab tili grammatikasi o'rgatiladi.
4) Tayyorlov kursining narxi qancha?
Javob: Tayyorlov kursining narxlarini tez orada e'lon qilamiz.
5) Kurs uchun to'lovni bo'lib to'lasa bo'ladimi?
Javob: Kurs uchun to'lovni bo'lib to'lashning imkoni yo'q.
6) Kursda kimlar dars beradi?
Javob: Kursda Akademiya ustozlari tomonidan darslar o'tiladi.
7) Kurs qaysi vaqtlarda bo'ladi?
Javob: Aynan qaysi kunlari va necha soatdan bo'lib o'tishi abituriyentlarning bo'sh vaqtlari va tarifga bog'liq holda belgilanadi.
8) 10-maydan kechikkan abituriyent nima qiladi?
Javob: Qabulga kechikkan abituriyentlar tayyorlov kursiga qabul qilinmaydi. Akademiya qabul imtihonlari uchun mustaqil tayyorgarlik ko'rishadi.
9) Tayyorlov kursida qaysi kitoblardan dars beriladi?
Javob: ”Hazratim yoʻlidan” onlayn tayyorlov kursi davomida darslar “Arab adabiy tili” kitoblaridan boʻlib oʻtadi.
10) ”Hazratim yoʻlidan” tayyorlov kursining bonuslari bormi?
Javob: Albatta! Mashqlar, qoidalar, lug'atlarni tez va oson yod olish uchun Mnemonika (Eslab qolish) fanidan video darsliklar bonus sifatida kursimiz o'quvchilariga taqdim qilinadi.Undan tashqari kursni bitirgan o‘quvchilarga Arab tilidan A2 sertifikati topshiriladi va Akademiya test imtihonlaridan ozod etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz: ⬇️
Instagram | Telegram | Web sayt | Facebook