Tayyorlanishi
Idishga iliq sut, tuz, shakar, oʻsimlik yogʻi, droja solib bitta aralashirib un solib yumshoq hamir qoramiz. Hamirimizni oshirish uchun olib qoʻyamiz.
Oshgan hamirimizni zuvalachalarga boʻlib listga terib 10 daqiqa tindirib olamiz. Ustidan tuxum sarigʻi va sutli aralashmani surtib, tabga koʻra kunjut sepamiz. 180* da 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qiymaga qirgʻichdan chiqarilgan piyoz, tuxum, sutka boʻktirilgan baton noni, tabga koʻra tuz solib yaxshilab urib-urib aralashtirib olamiz. Katlet shaklini berib past olovda ikki tarafini aylantirib pishirib olamiz. Pishgandan keyin ustiga burger uchun sirdan qoʻyib tegini oʻchiramiz.
Pishib chiqqan bulochkalarimizni orasidan boʻlib olamiz. Ketchup va maylonezli aralashmani ichiga surtamiz. Salat bargi qoʻyamiz. Pishirib olgan kotletimiz, parrak toʻgʻralgan pomidor, feoletiviy piyoz, shor bodringni qoʻyib olamiz.
Mazali mini burgerlarimiz tayyor. Retsept yoqsa duo qilishni unutmang