Tayinlov

Tayinlov


#Tayinlov_Tyutorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Murtozayev Orif Bektemir o‘g‘li Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ''Kompyuter injiniringi'' fakulteti 1-kurs talabalari bilan ishlash bo'yicha “Tyutorlik”   lavozimiga tayinlandi.

Murtozayev Orif Bektemir o‘g‘li  1991-yil Samarqand viloyat Urgut tumanida tug‘ilgan. 2018-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali   ''Kompyuter injiniringi'' mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shu kunga qadar Samarqand viloyati IIB Samarqand shahri bo‘yicha Ichki Ishlar organlari  faoliyatini Muvofiqlashtirish boshqarmasida profilaktika inspektori yordamchisi,

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Xuzuridagi Majburiy Ijro Byurosi Samarqand viloyati Samarqand shahar Bo‘limida Davlat inspektori, “Hudud-gaz Samarqand”gaz ta’minoti filiali “Samarqand shahar gaz” ta’minoti bo‘limi inspektori lavozimlarida ish faoliyatini olib borgan.


TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati 


Report Page