Tayinlov

Tayinlov


#Tayinlov_Tyutorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Berdiyev Zoxid Toirovich Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ''Kompyuter injiniringi'' fakulteti 1-2 kurs talabalari bilan ishlash bo'yicha “Tyutorlik”   lavozimiga tayinlandi.

Berdiyev Zoxid Toirovich 1986- yil   Samarqand viloyati, Ishtixon  tumanida tug‘ilgan. 2009 yil, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali "informatika va axborot texnologiyalari" yo’nalish  mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shu kunga qadar Samarqand davlat chet tillari instituti texnik-elektronigi Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji informatika fani o‘qituvchisi, Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji axborot kommunikasion texnologiyalar fanlari kafedrasi mudiri,Samarqand viloyati “Qishloq xo‘jalik kimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati ish yuritish bo‘yicha katta inspektor, Samarqand Vitirenariya midisinasi instituti akademik liseyi informatika fani o‘qituvchisi lavozimlarida ish faoliyatini olib borgan.


TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati 


Report Page