Tayinlov

Tayinlov


#Tayinlov_Tyutorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Boliyeva Nargiz Sharofovna Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ''Kompyuter injiniringi'' fakulteti 3-kurs talabalari bilan ishlash bo'yicha “Tyutorlik”   lavozimiga tayinlandi.

Boliyeva Nargiz Sharofovna  1987- yil  Samarqand viloyati Past-Darg‘om tumanida tug‘ilgan. 2011-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  “Informatik va Axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shu kunga qadar Samarqand shahar 20-maktab “Informatika ” fani o‘qituvchisi, Samarqand Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb hunar kolleji maxsus fan  o‘qituvchisi lavozimlarida ish faoliyatini olib borgan.


TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati 


Report Page