Tayinlov

Tayinlov


#Tayinlov_Tyutorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Suyarov Alisher Otavullo o‘g‘li Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ''Telekomunikatsiya texnologiyalari'' fakulteti 3-kurs talabalari bilan ishlash bo'yicha “Tyutorlik”   lavozimiga tayinlandi.

Suyarov Alisher Otavullo o‘g‘li  1994-yil Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 2020 yilda Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti Samarqand filialini Axborot xavfsizligi, sohalari mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shu kunga qadar TATU Samarqand filiali telekommunikasiya va texnologiyalari kasb ta’lim fakulteti “Kamolot” YOIH BT yetakchisi, TATU Samarqand filiali telekommunikasiya va texnologiyalari kasbiy-taьlim fakulteti “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi, Samarqand viloyati Nurobod tumani 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika o‘qituvchi, OOO”AUROMEP” kompyuter operatori, Samarqand viloyati Nurobod tumani 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik lisey “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” BT yetakchisi lavozimlarida ish faoliyatini olib borgan.

TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati 

Report Page