Tayinlov

Tayinlov


#Tayinlov_Tyutorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Saidov Nuriddin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ''Telekomunikatsiya texnologiyalari'' fakulteti 1-kurs talabalari bilan ishlash bo'yicha “Tyutorlik”   lavozimiga tayinlandi.

Saidov Nuriddin Xusenovich 1993-yil Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan. 2015 yil Samarqand iqtisodiyot va servis universitetini tamomlagan. Hamda   2017 yil Samarqand iqtisodiyot va servis universiteti Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish xizmatlar sohasi, faoliyat turlari va yo‘nalishlar mutaxassisligi bo‘yicha,  magistraturani tamomlagan.

Shu kunga qadar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashqi aloqalar bo‘limi uslubchisi, “GOLDEN PLASTIC PIPES Samarkand OOO korxonasi ish boshqaruvchi, «Akfa company» menedjer lavozimlari da ish faoliyatini olib borgan.


TАTU Samarqand filiali
Аxborot xizmati 


Report Page