Tavrot Musoga berilganini bilaman. Men bu payg'ambarning hayoti haqida bilishga juda qiziqaman. U haqda qayerdan o'qish mumkin?

Tavrot Musoga berilganini bilaman. Men bu payg'ambarning hayoti haqida bilishga juda qiziqaman. U haqda qayerdan o'qish mumkin?

marvarid.org

Ibroniylay 11:23-25
23Imoni tufayli Musoning ota–onasi yangi tugʻilgan Musoni uch oy yashirishdi. Ular chaqaloqning chiroyli ekanligini koʻrib, firʼavnning farmonidan qoʻrqishmadi.24Muso voyaga yetganda imoni tufayli firʼavn qizining oʻgʻli deb atalishni rad etdi.25U gunoh qilib, vaqtinchalik huzur–halovatda yashashdan koʻra, Xudoning xalqi bilan birga azob–uqubat chekishni oʻziga ravo koʻrdi.

Chiqish 2:1-10

1Oʻsha paytda Levi naslidan bir yigit bilan qiz oila qurdilar. 2Keyinchalik ayol homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. Ayol chaqaloqning chiroyliligini koʻrib, uni uch oy yashirib yurdi.
3Lekin ayol chaqaloqni ortiq yashirib yurolmasligiga koʻzi yetgach, qamish savat oldi. Suv kirmasin deb, savatni qora saqich bilan suvadi. Keyin savatning ichiga chaqaloqni solib, savatni daryo boʻyidagi qamishzor orasiga qoʻyib ketdi. 4Chaqaloqning opasi esa: “Uning taqdiri nima boʻlarkin”, deb uzoqdan kuzatib turdi.
5Shu paytda firʼavnning qizi daryo boʻyiga choʻmilgani kelib qoldi. Kanizaklari esa daryo boʻyida yurishardi. Firʼavnning qizi birdan qamishzor orasidagi savatni koʻrib qoldi–da, choʻrisiga: “Savatni olib kel!” deb buyurdi. 6Firʼavnning qizi savatni ochib qarasaki, bir chaqaloq yigʻlab yotgan ekan. “Bu ibroniy bolalaridan biri”, dedi u. Chaqaloqqa rahmi keldi.
7Chaqaloqning opasi shu paytda firʼavnning qizi oldiga kelib, undan soʻradi:
— Borib, ibroniy ayollaridan birortasini chaqirib kelaymi? U enagalik qilib, sizga chaqaloqni boqib berardi.
8— Mayli, bor, — dedi firʼavnning qizi. Qizcha borib, chaqaloqning onasini chaqirib keldi.9Firʼavnning qizi ayolga:
— Mana bu chaqaloqni olib bor, menga boqib ber, — dedi. — Qilgan xizmating uchun haqini toʻlayman.Shunday qilib, ayol chaqaloqni olib ketdi va oʻzi parvarish qildi.
10Bola katta boʻlgach, ayol uni firʼavnning qiziga olib keldi. Firʼavnning qizi bolani oʻziga oʻgʻil qilib oldi. “Uni suvdan chiqarib olganman”, deb ismini Muso qoʻydi.

Report Page