Ta'tilni kitob bilan o'tkazing

Ta'tilni kitob bilan o'tkazing

Oliy va o'rta ,maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Bugungi kunda kitob targʻiboti, uning maʼnaviy yuksalishimizdagi oʻrni haqida koʻp gapiriladi. Har qaysi kasb egasi boʻlmaylik, imkon qadar kitob oʻqib, tafakkurimizni boyitib, oʻzimizning sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada yaqinroq boʻlsak maqsadga muvofiqdir. Chunki, kitob oʻqigan insonning fikri teran boʻladi. 

2021/2022-oʻquv yilidagi 24-yanvarga qadar uzaytirilgan qishgi taʼtil davomida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun bir nechta oʻqigan eng sara badiiy adabiyotlarimni tavsiya etaman.

1. Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar”

2. Abdulla Qodiriy “Oʻtkan kunlar”

3. Fyodor Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo”

4. Artur Konan Doyl “Sherlok Xolms haqida hikoyalar”

5. Agata Kristi “Tilsimli shaxmat”

6. Lev Tolstoy “Urush tinchlik”

7. Konstantin Paustovskiy “Eski qayiq”

8. Toxir Malik “Yulduzga aylangan qizaloq”

9. Rabindranat Tagor “Nur va soyalar”

10. Erix Mariya Remark  “Gʻalaba arkasi”

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi



Report Page