Tashvishlaringiz bormi?

Tashvishlaringiz bormi?

www.marvarid.org


Tirikchilik tashvishlari haqida

Shuning uchun sizlarga aytaman: tirikchiligingizdan xavotir olib, nima yeymiz, nima ichamiz, ustimizga nima kiyamiz, demanglar. Axir, hayot ovqatdan, tana esa kiyimdan muhimroq emasmi?! Qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na oʻradi, na omborga don yigʻadi. Shunga qaramay, osmondagi Otangiz ularning rizqini beradi. Sizlar esa ulardan ancha qadrlisizlar–ku! Birontangiz tashvishlanib, umringizni bir lahzaga boʻlsa ham uzaytira olarmidingiz?! Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Nilufar gullarning qanday oʻsishiga eʼtibor qiling: ular mehnat qilmaydi, ip yigirmaydi. Ammo sizlarga aytamanki, hatto shoh Sulaymon oʻzining shuhrat choʻqqisida ham oʻsha gullarning birontasiday kiyinmagan. Bugun bor, ertaga esa oʻchoqqa tashlanadigan dala oʻtini Xudo shunday bezagan boʻlsa, nahotki sizlarni kiyintirmasa, ey imoni sustlar?!

Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar. Butparastlar hadeb bu narsalarning tashvishida yuradilar. Lekin osmondagi Otangiz bularning hammasiga muhtoj ekaningizni biladi–ku! Sizlar avvalo Xudoning Shohligiva Uning irodasini bajarish payida boʻlinglar, shunda qolgan hamma narsa sizga beriladi. Xullas, ertangi kun uchun tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning oʻziga tegishlidir. Har bir kunning gʻam–tashvishi oʻziga yetadi.


Zaburdan:

Xudo bizning panohimiz, qudratimizdir,
Kulfatda qolganimizda doim madadkorimizdir.
Shu bois biz qoʻrqmaymiz hech ham
Yer ostin–ustin boʻlib ketsa ham,
Dengiz bagʻriga togʻlar qulab tushsa ham.
Dengizlar oʻkirib, toshib ketsa ham,
Shiddatli toʻlqinlar togʻlarni titratsa ham
Biz qoʻrqmaymiz hech ham.

Bir daryo bor, uning suvlari
Shodlik olib kelar Xudo shahriga,
Xudoyi Taoloning muqaddas makoniga.
Shaharda Xudo turgani uchun
Shahar qulamas aslo,
Tong otganda, Xudo yordamga keladi.
Xalqlar algʻov–dalgʻov boʻladi,
Shohliklar qulaydi.
Xudoning ovozi guldiraydi, yer erib ketadi.

Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqbning Xudosi qalʼamizdir.
Keling, Egamizning ishlarini koʻring,
Yer yuziga keltirgan kulfatni koʻring.
Butun olamda U jangni toʻxtatadi,
Yoyni parchalaydi, nayzani sindiradi,
Qalqonlarni olovda yoqib, shunday deydi:
“Toʻxtang, biling, Men Xudoman,
Xalqlar orasida Men yuksalgayman,
Yer yuzida Men yuksalgayman.”

Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqubning Xudosi qalʼamizdir.


www.marvarid.org

t.me/marvarid_org


Report Page