Tashkent City Sayilgohidagi bayram oldi tadbirlari

Tashkent City Sayilgohidagi bayram oldi tadbirlari

Tashkent City IBC

Tashkent City Sayilgohidagi bayram oldi tadbirlari qizg’in pallada: turli tomoshalar, tanlovlar, animatorlar, Yangi yil archasi hamda cheksiz quvonch va hush kayfiyat.

Mahoratli oshpazlardan rekord o’lchamdagi taomlar va shirinlikar, restoranlarda esa mehmonlar uchun bayram menyusi qatori raqslar va aksiyalar mavjud. Mum haykallar muzeyiga maxsus arzon narxda tashrif buyurib Hyundai avtomobillarini yutib olish imkoniyati barchaga taqdim etilmoqda.

2020-yilning 17-dekabridan boshlab sayilgohga bayramoldi hamda yangi yil kunlari kirish faqat kassa orqali amalga oshiriladi va chipta xarid qilish orqali siz sayilogha tashrif buyurib, ajoyib his-tuyg'ular va ijobiy kayfiyatga ega bo'lasiz.

__________

Chiptalar narxi:
12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so'm
5 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun — 5000 so'm
5yoshgacha bo'lgan bolalar uchun — bepul
Nafaqa yoshidagilar uchun — 5 000 so’m (guvohnoma taqdim etilgan holda)
Nogironlar uchun — bepul (guvohnoma taqdim etilgan holda) 
Yengil avtomobillar uchun — 20 000 so’m (yo’lovchilar inobatga olingan holda) 

Report Page