Tashkent City Bog'idagi Yangi yil dasturi
Tashkent City IBCMo’jiza timsoli bo’lmish Yangi yil — barchamiz yaxshi niyatlar bilan kutayotgan bayram kirib kelmoqda. An’anaga sodiq qolgan holda bayram Tashkent City Istirohat bog’ida nishonlanadi.
Yangi yilgacha bo’lgan vaqt davomida istirohat bog’i maxsus Yangi yil bayrami dasturi asosida faoliyat olib boradi. Mazkur dastur 29-noyabrdan ulkan konsert dasturi, bolalar ertaklari, QVZ hamda poytaxtimiz didjeylari tomoshalari bilan boshlandi.
Dekabr oyining birinchi haftasida Tashkent City Istirohat bog’ida 25 metrlik Yangi yil archasining tantanali ochilish marosimi hamda milliy xalq og’zaki ijodi festivali o’rin oldi.
Ochilish marosimiga ulgurmadingizmi? Hali hammasi oldinda. Butun dekabr oyi davomida sizlarni turli festivallar, mashhur brendlarning bayram aksiyalari, ko’plab tomoshalar va hursandchilik kutmoqda.
9 – 11-dekabr kunlari ulkan havo shari uchirilishi bo’lib o’tadi.
8-dekabr — Konstitutsiya bayrami kuni Mudofaa Vazirligi orkestri hamda qurolli kuchlar chiqishlari bo’lib o’tadi.
12 — 14-dekabr kunlari Street-Food-Fest gastronomik festivalida yurtimizning eng mashhur brendlari rekord uzunlikdagi gamburger, lavash hamda xot-dog tayyorlashadi.
Shokolad favvorasi, qiziqarli tomoshalar hamda ko’plab shirinliklardan 15 — 17-dekabr kunlari shokolad bayramida tatib ko’rishingiz mumkin. Shu bilan birga bayram davomida animatorlar, bezaklar hamda ko’tarinki kayfiyat siz bilan birga bo’ladi.
Har kuni Tashkent City Istirohat bog’i mehmonlarni estradamiz yulduzlari ishtirokidagi konsertlar, tanlovlar va sovg’alar, ko’ngilochar dasturlar hamda bolalar uchun tomoshalar va bezaklar bilan kutib oladi.
Bayram taqvimi:
· 29-30 – noyabr — konsert dasturi;
· 1 – dekabr — Yangi yil archasining tantanali ochilishi;
· 2-4 – dekabr — milliy xalq og’zaki ijodi kunlari;
· 5-7 – dekabr — hajviya kunlari;
· 8 – dekabr — Konstitutsiya kuni bayram dasturi;
· 9-11 – dekabr — havo shari uchirilishi;
· 12-14 – dekabr — Street-Food-Fest;
· 15-17 – dekabr — shokolad bayrami;
· 18-20 – dekabr —pishloq hamda pitsa kunlari;
· 21-23 – dekabr — sovg’alar kunlari;
· 24-26 – dekabr — karnaval;
· 27-29 – dekabr —qorbobolar namoyishi;
· 30-31 – dekabr — konsert dasturi.
31-dekabr kechasi esa barcha tashrif buyuruvchilarni Tashkent City Istirohat bog’idan unutilmas shou-dastur kutmoqda.
Sizlarni Tashkent City Istirohat bog’ida kutib qolamiz!