Tashabbusli budjet jarayonlari uchun 2023-yil 1-mavsumida shakllanadigan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot

Tashabbusli budjet jarayonlari uchun 2023-yil 1-mavsumida shakllanadigan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot

EconomyMoliyaPress

2023-yilgi tuman va shahar budjetlarida tashabbusli budjet uchun jami 2,0 trln so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 1 trln so‘mi 1-mavsumda ajratiladi.

Bundan tashqari, 2023-yil boshiga mahalliy budjetlarda shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi mahalliy hokimliklar tomonidan Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, shunda 1-mavsum uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalarida jami 1,7 trln so‘m mablag‘ shakllanishi va ushbu mablag‘larning ovoz berish jarayoni boshlanguniga qadar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

2023-yil 9-fevral holatiga Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalarida 899 mlrd so‘m mablag‘ shakllangan.

Umuman olganda jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023-yilda budjetdan jami 8 trln so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.Shundan:

2 trln so‘m – “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun tuman va shahar budjetlarida rejalashtirilgan;

320 mlrd so‘m – “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tuman va shahar budjetlarida rejalashtirilgan;

4 trln so‘m – “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish uchun.

Shu bilan birga, joriy yilda mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 30 foizi hisobiga 1,7 trln so‘m miqdoridagi mablag‘lar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga yo‘naltirilishi prognoz qilingan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page