“Tashabbusli budjet” jarayoni 2024-yil 1-mavsumi doirasida hududlarda eng kam ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot

“Tashabbusli budjet” jarayoni 2024-yil 1-mavsumi doirasida hududlarda eng kam ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot

EconomyMoliyaPress

Xabaringiz bor, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 1-mavsumi yakunlandi. Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab 2 254 ta mahalla bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi. Ovoz berish jarayonlarida mamlakatimiz bo‘ylab 11,7 million nafar fuqaro ishtirok etdi.

Quyida “Tashabbusli budjet” jarayoni 2024-yil 1-mavsumi doirasida hududlarda eng kam ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmoqda:

  1. Jizzax viloyati Do‘stlik tumani — A. Navoiy MFY Yangi hayot ko‘chasiga tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish loyihasi 12 ta ovoz bilan;
  2. Toshkent viloyati Nurafshon shahri — Nurafshon shahar madaniyat bo‘limi moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun 30 kv/metr sahna monitorini xarid qilish -sonli maktabgacha bo‘lgan qismida 1000 metr piyodalar yo‘lakchasini barpo etish loyihasi 18 ta ovoz bilan;
  3. Toshkent viloyati Nurafshon shahri — Uchqun MFY hududiga Guzar ko‘chasining 26-sonli maktabgacha bo‘lgan qismida 1000 metr piyodalar yo‘lakchasini barpo etish loyihasi 32 ta ovoz bilan;
  4. Toshkent viloyati Nurafshon shahri — 26-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining eski qozonxona binosini qaytadan ta’mirlab, omborxona binosiga aylantirish va bog‘chaning orqa tarafidagi devor va darvozani ta’mirlash loyihasi 34 ta ovoz bilan;
  5. Navoiy viloyati Uchquduq tumani — Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 1-3-5-7-9-11-13-15-uylar old qismlariga asfalt yotqizish loyihasi 48 ta ovoz bilan;
  6. Toshkent viloyati Nurafshon shahri — Nurafshon shahar 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasini rivojlantirish loyihasi 51 ta ovoz bilan;
  7. Namangan viloyati Davlatobod tumani — Namangan to‘qimachilik sanoati institutiga alohida yuqori kuchlanishdagi elektr podstansiya o‘rnatish loyihasi 52 ta ovoz bilan;
  8. Jizzax viloyati Do‘stlik tumani — Mevazor MFY hududidan o‘tuvchi kanal atrofiga himoya panjaralarini o‘rnatish loyihasi 53 ta ovoz bilan;
  9. Namangan viloyati Davlatobod tumani — Umid MFY hududidagi 1,6,7,8,9,10,11,12,18,19,27,16,17, 20,21,22,23, 24,25,26,27,29,30,31,32,33,34,35 va 52/2-ko‘p qavatli uylarni mukammal joriy ta’mirlash va tutash hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish loyihasi 56 ta ovoz bilan;
  10. Namangan viloyati Davlatobod tumani — Istiqlol MFY hududidagi 9,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19, 20,21,22,23,24 va 25-uylarni mukammal-joriy ta’mirlash va tutash hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish loyihasi 61 ta ovoz bilan;
  11. Jizzax viloyati Do‘stlik tumani — Do‘stlik tumani G‘. G‘ulom MFYga ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash (transformator, simyog‘och o‘rnatish) tadbirlari 65 ta ovoz bilan;
  12. Navoiy viloyati Uchquduq tumani — Bolalar musiqa va san’at maktabi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 70 ta ovoz bilan;
  13. Namangan viloyati Davlatobod tumani — Mustaqillik MFY hududida joylashgan 6,23,24,3,4,6,37a,37b,23,24,34,42,43,48,46,51-ko‘p qavatli uylarni mukammal joriy ta'mirlash hamda ushbu uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish 70 ta ovoz bilan;
  14. Jizzax viloyati Do‘stlik tumani — Do‘stlik tumani markazidagi Do‘stlik ko‘chasida piyodalar yo‘lagi qurish 71 ta ovoz bilan;
  15. Toshkent viloyati Bekobod shahri — Bekobod shahrining 80 yillik yubileyi munosabati bilan shaharning shonli tarixini aks ettiruvchi muzey tashkil etish 76 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page