“Tashabbusli budjet” jarayonlari bo‘yicha hududlar reytingi tuzildi

“Tashabbusli budjet” jarayonlari bo‘yicha hududlar reytingi tuzildi

EconomyMoliyaPress

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida 2024-yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra erishilgan ko‘rsatkichlar asosida hududlar reytingi shakllantirildi.

Hududlar faolligini baholash quyidagi mezonlarni o‘z ichiga oldi:

ishchi komissiya tomonidan saralash bosqichi haqqoniy va sifatli o‘tkazilishini baholash;
aholini jalb etilishini baholash (kelib tushgan loyihalar va ovoz sonining mavjud aholi soniga nisbati);
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini baholash;
g‘olib loyihalarni amalga oshirishning samaradorligi va natijadorligini baholash (loyihalarni jamoatchilik nazoratidan o‘tkazilishi);
loyihalarni ijrosidan kelib chiqib baholash (g‘olib loyihalarning yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi).

Baholash natijalariga ko‘ra:

Hududlar bo‘yicha umumiy to‘plangan ballar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri eng faol hududlar sifatida baholangan. Tuman (shahar)lar bo‘yicha:

118 ta tuman va shahar yuqori ball to‘plagan holda “yashil” hudud;
58 ta tuman va shahar “sariq” hudud;
32 ta tuman va shahar ishlar sust tashkil etilgani sababli past ball to‘plagan holda "qizil" hudud deb topildi.

Xususan, Andijon viloyatida 10 ta, Qashqadaryo viloyatida 8 ta, Toshkent viloyatida 3 ta, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida 2 tadan, Buxoro, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida 1 tadan tuman va shaharlar “qizil” hudud sifatida baholangan.

Reyting natijalari bilan batafsil quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Infografika ko‘rinishida;

Jadval ko‘rinishida.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page