Tashabbuskor budjet elchisi

Tashabbuskor budjet elchisi

MoliyaPress

Aziz talaba, Aziz tashabbuskor budjetchi!

Eslatib o‘tamiz, “Open Budget” (“Ochiq budjet”) loyihasi 2 asosiy bosqichda (fevral–mart va avgust–sentabr) amalga oshiriladi.

Sizda ushbu dastur doirasida “Tashabbuskor budjet elchisi” bo‘lish imkoniyati mavjud. O‘zingiz yashab turgan hududda tashabbusingizni ilgari suring, yaqinlaringizni ovoz berishga chorlang va sovrinlar g‘olibiga aylaning!

Hammasi juda oddiy:

1-qadam: “Ochiq budjet” axborot portalida ro‘yxatdan o‘ting va o‘z tashabbusingizni qoldiring (kasbni ifodalovchi ustunda talaba ekanligingizni ko‘rsatishni unutmang).

2-qadam: Tanlov boshlanganidan so‘ng, turli ijtimoiy tarmoqlarda tashabbusingizni ommalashtirish va fuqarolar, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz o‘rtasida ovoz to‘plashingiz zarur.

3-qadam: Tanlov yakunida TOP 50 LOYIHA tanlab olinadi. Eng ko‘p ovoz va layk to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

G‘oliblarga:

1–5 o‘ringa – Noutbuk

6-15 o‘ringa – Planshet

16-25 o‘ringa – Elektron kitob qurilmasi (Kindle)

26-36 o‘ringa – “Aqlli” soat

37-50 o‘ringa – Quloqchin topshiriladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan 50 nafar eng yaxshi ishtirokchi “Tashabbuskor budjet elchisi” deb e'lon qilinadi va Moliya vazirligida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ular uchun moliya tizimining yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘quv treninglari o‘tkaziladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘ting, hududingizda mavjud muammoni hal eting va ajoyib sovrinlarga ega bo‘lish imkonini boy bermang!


Report Page