Tartibga soluvchining ishoralarini o‘rgatishga mo‘ljallangan dastur bo‘yicha texnik talablar

Tartibga soluvchining ishoralarini o‘rgatishga mo‘ljallangan dastur bo‘yicha texnik talablar


Jarayon to‘rt tomonlama ko‘chalar kesishgan chorraha hamda yo‘l bo‘yida Toshkent shahrida real mavjud bo‘lgan binolar ko‘rinishidagi joyda amalga oshiriladi.

Chorrahada quyidagi yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalari mavjud bo‘ladi:

- har yo‘nalishda transport hamda piyodalar uchun ustunlarga o‘rnatilgan svetoforlar;

- markazda 1.32 (konvert) yo‘l yotiq chizig‘i;

- har bir ko‘chada piyodalar o‘tishi uchun oq-sariq rangli (1.14.2) yo‘l yotiq chizig‘i hamda axborot ko‘rsatkich belgilari (5.16.1-5.16.2);

- har bir yo‘nalishda asosiy yo‘l (2.1) hamda ikkinchi darajali (2.4) yo‘lni bildiruvchi belgilar (svetofor ustuniga o‘rnatilishi mumkin).

Tasmalar soni har bir yo‘nalishda 3 tadan (yo‘lda jami 6 ta tasma).

Chorrahaga yaqinlashishda tasmalar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishini bildiruvchi yotiq chiziqlar (1.18).

Chorrahaga kirishdan oldin to‘xtash chizig‘i (1.12) hamda “STOP” belgisi (5.33).

Qatnov qismida to‘xtashni taqiqlovchi belgi (3.27).

Ko‘chalar bo‘yida piyodalar hamda velosipedchilar uchun tasma.

Transport vositalari harakati (Transport vositalari yurtimizda ishlab chiqarilgan 6-7 ta modellarda bo‘lishi kerak).

Dasturga kirilgan vaqtda 3 soniya IIV hamda YHXX “logotip”lari va ularning o‘rtasida o‘ng qo‘lida “jezl” bilan “Diqqat” ishorasini berib turgan YPX xodimining ko‘rinishi.

Ovoz: “Sarbon-5 Turonga, chorrahada svetofor qurilmasida nosozlik kuzatilmoqda, ishoralar orqali harakatni tartibga soling”.

YPX xodimi chorraha markazida.

Ishoralar o‘ng qo‘ldagi “jezl” yordamida quyidagicha:

1) O‘ng qo‘lini yuqoriga ko‘tarib “Diqqat” ishorasi. Bu ishorada barcha transport vositalari harakatni to‘xtash chizig‘iga yetmasdan to‘xtatishi kerak.

2) O‘ng qo‘lini oldinga uzatib bir tomonlama harakatni ochish ishorasi. Mazkur ishorada YPX xodimining chap yelkasi tomondan barcha avtotransport vositalariga barcha yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi. YPX xodimining ro‘parasidan yo‘lning chetki tasmasidan kelgan transport vositalari faqat o‘ng tomonga harakatlanishi kerak. YPX xodimining o‘ng hamda orqa tomonlaridagi transport vositalari harakatni to‘xtash chizig‘iga yetmasdan to‘xtatishi kerak. 

3) Tartibga soluvchining qo‘llari yon tomonga uzatilgandagi ishorasi (ushbu ishorada qo‘shimcha tarzda o‘ng qo‘lini aylantirishi kerak). Mazkur ishorada tartibga soluvchining chap hamda o‘ng tomonlaridan kelgan avtotransport vositalari to‘g‘riga hamda o‘ng tomonga harakatlanishi kerak. YPX xodimining oldi hamda orqa tomonlaridagi transport vositalari harakatni to‘xtash chizig‘iga yetmasdan to‘xtatishi kerak.

Ovoz: “Sarbon-5 Turonga, Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab kelayotgan tez tibbiy yordam avtomobilining chorrahadan to‘siqlarsiz harakatlanib o‘tishini ta’minlang”;

Ovoz: “Sarbon-5 Turonga, Amir-Temur ko‘chasi bo‘ylab kelayotgan o‘t o‘chirish avtomobilining chorrahadan to‘siqlarsiz harakatlanib o‘tishini ta’minlang”;

Ovoz: “Sarbon-5 Turonga, Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab kelayotgan maxsus transport vositalari hamda ularning kuzatuvidagi avtomobillarning chorrahadan to‘siqlarsiz harakatlanib o‘tishini ta’minlang”.

Baholash tizimi ham bo‘ladi:

Agarda ishoralar noto‘g‘ri berilsa to‘qnashuv sodir bo‘lishi va shu zahotiyoq qizil rangda “Imtihon topshirilmadi” yozuvi chiqib, jarayon yakunlanishi kerak.

Yuqoridagi vazifalar to‘liq va to‘g‘ri bajarilsa yakunda (taxminan umumiy 1,5-2 daqiqa) yashil rangda “Imtihon topshirildi” yozuvi chiqishi kerak.


Ro‘yxatdan o‘tganlar 2024-yil 1-may kuni soat 09-00da Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kelishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li 17.

Bog‘lanish uchun telefonlar:

  • 99-764-80-80;
  • 99-111-22-12.

Report Page