Tarmoq xavfsizligi.Kompyuter tarmoqlari haqida eng asosiy bilimlar(1-qism)

Tarmoq xavfsizligi.Kompyuter tarmoqlari haqida eng asosiy bilimlar(1-qism)

CWG

Tarmoq nima ekanligi va uning tuzilishi va turlari.

Tarmoq - bu kompyuterlardan tashkil topgan yaxlit bir tizim bo'lib, ular(kompyuterlar) o'rtasida axborot almashish imkonini ta'minlaydi.

Kompyuterlar tarmog'i

Kompyuter tarmoqlari - ikki yoki undan ortiq qurilmalar o'rtasida ma'lumot almashish uchun kerak.


Kompyuter tarmoqlari quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. Local network(Local Area Network — LAN) - Lokal tarmoq

2. Global network(wide area network — WAN) - Global tarmoq


Lokal tarmoq (LAN) - bu qisqa masofada (masalan, bir bino ichida) joylashgan 2 yoki undan ortiq qurilmalardan tashkil topgan tarmoq.

LAN-Local Area Network


Global tarmoq (WAN) - bu katta masofalarda joylashgan ko'p sonli kichik lokal tarmoqlar(LAN) va alohida kompyuterlarni bir biri bilan birlashtiruvchi tarmoq.

WAN-Wide Area Network


Bundan biz shunday xulosaga kelamiz:

Internet - bu kompyuter tarmoqlarining (dunyo bo'ylab) global tarmog'idir.

Aytgancha, WLAN bilan LAN ni aralashtirib yubormang. Chunki WLAN bu simsiz lokal tarmoq hisoblanadi.


Tarmoq strukturasi

Endi tarmoq topologiyasi haqida gaplashamiz.

Topologiya - bu tarmoqdagi kompyuterlarning joylashishi.Turli xil topologiyalar mavjud, ammo biz quyidagi eng asosiylarini ko'rib chiqamiz:

1. Halqa(Ring)

    2.Yulduzsimon(Star)

    3. Shina(Bus)

    

Halqa(Ring) - bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan.

Halqa topologiyasi

Yulduzsimon(Star)- bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi

Yulduz topologiyasi.

Shina(Bus) -bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi

Shina topologiyasi

Ip manzil.

Tarmoqda sizning kompyuteringiz ma'lum bir nomga ega. Ha, uning ham ismi bor, lekin biznikiga o'xshamaydi. Tarmoqda kompyuterga nomi bilan murojaat qilinadi! Shunday qilib, kompyuterning tarmoqdagi ismi bu - IP-manzil.


Adashtirmang!


IP (Internet Protocol) - bu ma'lumotlar paketlarini kompyuterga yetkazish uchun javobgar bo'lgan protokol.


IP-manzil kompyuter uchun noyob nomdir. U nuqta bilan ajratilgan 4 ta raqamdan iborat.

Aytgancha, IP manzilidagi raqamlar 0 dan 255 gacha bo'lgan oraliqda olinadi.


Agar tarmoq lokal tarmoq bo'lsa (LAN), u holda IP-manzil qurilmaga tarmoq administratori tomonidan beriladi.Odatda bunday tarmoqlar uchun 192.168.0.0 kabi bloklardan foydalaniladi va bunday manzillar ichki deb ataladi.Agar kompyuter internetga erkin kirish imkoniga ega bo'lsa, qo'rilmaga IP-manzilni provayder yoki mintaqaviy Internet registratori beradi.

Misol: 87.54.2.56 va bunday manzillar tashqi deb ataladi.

IP-manzilni bilish uchun:

Windowsda:

Ichki lokal ip manzilni bilish uchun cmd(qora oynada)ni ochamiz va quyidagi komandani teramiz:

ipconfig


Tashqi ya'ni internet provayder bergan ip manzilni bilish uchun:

https://whatismyipaddress.com/

Linuxda:

Terminal yozishingiz mumkin

curl ident.me


IP manzillar ham o'ziga xos 2 turga bo'linadi:

  1. Statik

2.  Dinamik

1. Dinamik - bu Internetga kirish vaqtida, beriladigan IP-manzil. Bu turdagi manzil tez tez almashib turadi.Bu eng keng tarqalgan.Mobil aloqa kompaniyalari orqali internetga kirganimizda ular aynan shu turdagi ip manzildan foydalanamiz

2.Statik - bu o‘zgarmas IP manzil. Internetga necha marta ulansangiz ham, u o‘zgarmaydi. Bu turdagi Ip manzillar hozirgi kunda yurtimizda faqatgina yuridik shaxslar uchun taqdim etilmoqda.

Ichki va tashqi ip manzillar



IPv nima?

IPv - bu IP versiyasi.

Ayni paytda 2 ta versiyadan foydalanilmoqda. Bular IPv4 va IPv6.IPv4 eng ko'p ishlatiladigan versiyasi.Bu aynan biz bilgan 0 dan 255 gacha bo'lgan nuqtalar bilan ajratilgan 4 ta raqamdan iborat oddiy IP manzilimiz.

123.123.123.123 - shu kabi ip mazillar IPv4 hisoblanadi.

IPv6 128 bitli strukturaga ega.Bu yangi, eng so'nggi versiya.IPv6 16 ta belgidan iborat bo'lib, ular 8 ta blokga bo'lingan, lekin ular ikki nuqta bilan ajratilgan.

IPv4 va IPv6

Port nima?

Port - bu ma'lum bir protokol uchun raqamli xona.

Nima uchun port kerak?

Bu savolga quyidagi misol orqali javob berishga harakat qilib ko‘ramiz:

Dunyoda ko‘plab davlatlar mavjud.Aytaylik, mamlakat bu kompyuterdir.Siz ushbu kompyuterga(davlatga) ma‘lumotlar (paket) yubormoqchisiz va siz ushbu kompyuterning IP-manzilini bilasiz.Lekin maʼlumotlarni maʼlum bir joyga yuborishingiz kerak yaʼni o‘sha davlatning qaysidir shahriga.Shahar bu yerda protokol.Ma'lumot jo‘natish uchun bizga maʼlum narsalar bular Davlat(kompyuter),shahar(protokol).Endigi savol maʼlumotni qaysi yo‘l orqali jo‘natish yaʼni quruqlik orqalimi yoki havo orqali.Ma'lumotni qabul qilish nuqtasi aynan port deb ataladi.Deylik biz Avstraliyaning Sidney shahriga dengiz orqali pochta junatmoqchimiz.Bu yerda

Avstraliya bu -Kompyuter

Sidney bu protokol

Dengiz yuli bu port

Portlar ulanishlarni qabul qilish va maʼlumotlar almashish imkonini beradi.Bazida port yopiq bo‘lgan holatlar ham bo‘lishi mumkin.

Port yopiq - bunda u ulanishlarni qabul qilmaydi.

Port ochiq - bu port ulanishlarni qabul qilishini anglatadi va ulanish mumkin.

Va shu bilan maqolamizning birinchi qismiga yakun yasaymiz.


Mavzu buyicha savollar bo’lsa telegram guruhimizga yozishingiz mumkin.

Qiziqarli maqolalar 👉🏻 https://t.me/cwgblog


Report Page