Tarixda ilk bor oʻzbek karatechisi jahon chempionati finalida!

Tarixda ilk bor oʻzbek karatechisi jahon chempionati finalida!


Shu kunlarda BAAning Dubay shahrida karate boʻyicha kattalar oʻrtasida navbatdagi jahon chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning besh qitʼasidagi 104ta davlatdan jami 983 nafar sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqishmoqda. Jahon chempionatida vatanimiz sharafini Oʻtkam Bekpoʻlatov boshchiligidagi 15 nafar karatechimiz himoya qilishyapti.

Bugun erkaklar oʻrtasida -75 kg vazn toifasidagi janglarda karate WKF boʻyicha milliy terma jamoamiz aʼzosi, sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi Dostonbek Otabolayev finalga yoʻl oldi.

U jahon chempionatining yarim finalida AQSH vakili Tomas Skottni 1:0 hisobida magʻlub etdi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Endi hamyurtimiz 20-noyabr kuni boʻladigan final jangida Misr vakiliga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.

Karate WKF boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 23-noyabr kuni tunda yurtimizga qaytib kelishadi.


Report Page