Tarix va madaniy meros fakultet tyutori T.Aslonova tomonidan "Talaba ,tyutor va ota-ona" hamkorligida amalga oshirilgan ishlari

Tarix va madaniy meros fakultet tyutori T.Aslonova tomonidan "Talaba ,tyutor va ota-ona" hamkorligida amalga oshirilgan ishlari

Tarix va madaniy meros fakulteti tyutori T.Aslonova

Voyaga yetkazayotgan farzandi kelgusida hayotda o'z o'rnini topishi, kasb-kori barakali bo'lib, oilasini ta'minlashga qiynalmasligi borasida ota-onaning ko'ngli to'q, xotirjam bo'lsa, undan baxtli odam yo'q. Buning uchun yoshlarimiz ilm-ma'rifatli, kasb-hunarli bo'lishi lozim. Ayniqsa, ushbu hayotiy masalada ota-onalar birlamchi javobgar shaxslar sanaladi desak, aslo yanglishmaymiz.

Davlatimiz rahbarining “O'qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman”, degan so'zlari o'qituvchiga jamiyat munosabati qanday bo'lishi zarurligini ko'rsatadi. 

Ta'lim-tarbiya, dars mashg'uloti davomatdan boshlanadi. Shuni inobatga olgan holda Tarix va madaniy meros fakulteti har bir talabasi agar zarurat tug`ilsa, darslardan ariza orqali ruxsat olib, javob oladi. Uzoq muddatga javob olganda albatta ota-onasi universitetga kelib ariza orqali dekanga murojaat qilishadi.

Ta'limdan uzoqlashish, fanlardan, bilimdan bexabarlik esa uning ma'naviyatida bo'shliq paydo bo'ldi, deganidir. Dars soatlarini boy bergan bunday yoshlarga keyinchalik ma'naviy tarbiya uchun quruq pand-nasihat qilishdan naf chiqadimi? Jinoyat ko'chasiga kirib qolgan, yot oqimlar domiga tushgan yoshlarning tarbiyasi aslida bir kundayoq aynib qolmagan-ku. Bunday holatlar bir necha yil davomidagi e'tiborsizlik oqibatida yuzaga keladi. Chuqurroq tahlil qilsangiz, jumladan, talabalar davomati ham bu masalaga daxldor bo'lib chiqadi.

Talabalarning davomati masalasi eng dolzarb masalalardan bo`lganligi sababli tyutor T.M.Aslonova o`ziga biriktirilgan guruh 5-4MG'H 20 guruh talabasi Zikrilloyev Bahodirning darslardagi ishtiroki, davomati, fanlarning o'zlashtirishi va ichki tartib qoidalarga rioya etishi yuzasidan Fakultet deklani J.Jo'rayev, o'quv ishlar bo'yicha dekan muovini O'.Qurbonov va fan o'qituvchilari S. Samadova hamda N.Jo'rayevalar talabaning otasi Zikrilloyev Baxtiyor bilan suhbat olib bordilar.

Tarix va madaniy meros fakulteti tyutori: T.M.Aslonova






Report Page