Tarix_va_ayol

Tarix_va_ayol


https://t.me/ustozlar_uzbekistan


Amir Temur vafotidan so’ng “mamlakat birinchi xonimi”ga aylangan Shod Mulk,u bunga munosib edimi?Yoxud Xalil Sulton suyuklisining qismati.

 


Shodiya xotun manbalarda Samarqand yaqinidagi quyi tabaqaga mansub hunarmand oilasidan ekanligi qayd etiladi.Yoshlik paytidan xushsurat,qop-qora chaqnovchi shahlo ko‘zlarga ega ekanligi kishini o’ziga jalb etardi. Xalil sulton nazari tushgunga qadar u sohibqironning do’sti va sodiq amirlaridan biri Hoji Sayfuddinbekning cho’risi,nikohsiz xotini edi.Lekin tez orada unga Amir Temurning sevimli nabiralaridan biri Xalil Sultonning ishqi tushadi.Xalil Sulton(1384-411)Amir Temurga ikkinchi og’li Mironshohdan nabira hisoblanib,harb ilmida salohiyatli,dovyurak hamda tarbiya borasida ham beqiyos hisoblangan.Negaki uni temuriylar honadonining muhtarama onasi Saroymulkxonim tarbiya qilgan edi.Ayniqsa, Xalil Sultonning Dehli sultoni Mahmudga qarshi jangdagi jasorati sohibqironning tahsiniga sazavor qilib,suyukli nabirasiga aylantirgandi.Amir Temur Xalil sultonni 1399-yilda jiyani hisoblanmish Jahon Sultonbegimga nikohlab qo’yadi.”Yetti yillik”yurishlar poyoni munosabati bilan Samarqandda uyushtirilgan ziyofatda Xalil Sultonning ko’zi nogahon Shodiya xotunga tushib qoladi va ayni daqiqalardan boshlab ikki qalb bir-birini his qila boshlaydi.Tez orada ushbu xabar mamlakat yetakchisi qulog’iga yetib boradi,aniqrog’i Jahon Sultonbegim erining bir kanizakka ilashib qolganligi va hatto uni o’z nikohiga olmoqchi ekanligini aytadi.


Xalil sulton


Sohibqiron dastlab Shodiyaning kimligi haqida surishtiradi,keyinchalik uni o’zining amirlaridan birining cho’risi ekanligi ma’lum bo’lib,darg’azabligi oshadi va ikkovini tutib keltirishni buyuradi.Bu orada Xalil sulton suyuklisini qochirib yuboradi va vaziyatni xaspo’shlashga urinadi.Ko’p o’tmay Amir Temur ,,Xalil Shodiyani nikohiga olibdi,endi Shodmulk emish,yashirib o’zi bilan olib yurganmish”degan xabarni eshitаdi va Shodmulkni tutib o’ldirtirmoqchi bo’lаdi,Ammo oraga tushgan Bibixonim,Shodmulk shahzodadan homilali,degan xabarni yetkazаdi hamda sohibqironni qaroridan qaytarаdi.Bu holatda Xalil Sultonga berilgan jazo shu bo’ldikim,sohibqironning Xalil Sultonni taxt vorisi qilaman, degan niyatidan mahrum qildi.Ammo ayni sohibqiron tomonidan Xalil Sulton yuragiga tushirilgan uchqun tez orada alanga beradi.



Shunday qilib,Amir Temur Xitoyga yurish safarida,O’trorda vafot etadi.O’limidan biroz avval taxt vorisi sifatida nabirasi Pirmuhammad bo’lishini vasiyat qiladi,ammo vasiyatga nomuvofiq tarzda Xalil Sulton 1405-yilning martida taxtni egallaydi.Natijada Shod Mulk shavkatli temuriylar saltanatining “birinchi xonimi” ga aylanadi.Ishq o’ti Xalil Sultonning ko’zlarini ko’r qildiki,taxtni egallagach bobosi singari adolat mezonlarini,ichki va tashqi ahvolni yaxshilash maqsadlari Shod Mulk aralashuvi ostida barbod bo’ldi.Shod Mulk raiyatisiz Xalil Sultondan birorta farmon sodir bo’lmas edi.Bundan tashqari,Shod Mulk begim Temurning barcha xotinlari-yu xos kanizaklarini harbiy boshliq va amaldorlarga in’om qilish haqida Xalil Sultonga maslahat berib,uni ko’ndiradi.Jumladan, 1406 yilda Temurning beva xotini Tuman Og‘o begimni amir Shayx Nuriddinga xotinlikka beradi. Ibn Arabshohning yozishicha, Saroy Mulk xonim bilan Tukal xonimlarni Shodmulk begimning maxfiy buyrug‘iga binoan zaharlab o‘ldirganlar. Temur davridagi bek va amaldorlarga yetarli iltifot ham ko‘rsatilmaydi. Xazina va saltanat ishlarida Shodmulk begimning faoliyati battar kuchayadi. Shodmulk begimning xohish-irodasi ila quyi tabaqaga mansub kishilar yuqori lavozimlarga ko‘tariladi. Temur safdoshlariga qarama-qarshi o‘laroq, Shodmulk begimning xohishiga muvofiq, qandaydir Bobo Turmush degan kimsa to‘la huquqli vazirlik mansabini egallaydi. Avvalgi amaldorlardan Ollohdod va Arg‘unshohlarga ham hech qanday rag‘bat bo‘lmaydi.

Arkoni davlat o‘rtasida vujudga kelgan bunday nobarobarlik saltanat poydevoriga rahna solishi muqarrar edi. Zotan, ana shunday qulay vaziyat Shohruh Mirzo uchun asqotdi. 1409 yil bahorida Shohruh Mirzo qo‘shini Bodxez mavzeiga kelib to‘xtaydi. Xalil Sulton Mirzoning qo‘shini esa Shahrisabzda jangga tayyor holda turardi. Shu asnoda shimolda amir Xudaydod boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilgani xaqida xabar keladi. Xalil Sulton Mirzo asosiy qo‘shinni Shahrisabzda qoldirib, 4000 askar bilan amir Xudaydodga qarshi borishga majbur bo‘ladi. 1409 yil 30 mart kuni Xalil Sulton Mirzo amir Xudaydod tomonidan asirga olinib, Samarqandga keltiriladi va keyinchalik Farg‘onaga olib ketiladi. Uning xotini Shodmulk begimni esa Shohrux Mirzoga topshiradilar. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Shohruh Mirzo Shodmulk begimni tahqirlab, ko‘p azob-uqubatlarga duchor qiladi. Nihoyat, Xalil Sulton Mirzoni Farg‘onadan O‘trorga keltirib, amir Shayx Nuriddin vositachiligida Shohruh Mirzo bilan Xalil Sulton Mirzo o‘rtasida bitim tuziladi. Bitimga muvofiq, Xalil Sulton Mirzo Movarounnahr hukmronligidan voz kechadi. Buning evaziga Ray viloyatining hokimi etib tayinlanadi. Xotini Shodmulk begim qaytarib beriladi. Ko‘p o‘tmay, 1411 yil 4 noyabr chorshanba kuni Xalil Sulton Mirzo Ray shahrida betob bo‘lib, vafot etadi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u zaharlanib o‘ladi. Shundan so‘ng 1411 yilning oxirida eridan keyin yashashni istamagan Shodmulk begim zahar ichib olamdan o‘tadi.


Manba:Turg'un Fayziyevning"Temuriy malikalar"hamda internet ma'lumotlari asosida tayyorlangan.



Report Page