“Tarix sirlarini ochib...”
https://t.me/natlibuz2024-yil 9-avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” o‘quv zalida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi, sharqshunos, manbashunos olim, tarix fanlari doktori Bo'riboy Ahmedovich Ahmedov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Tarix sirlarini ochib...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma qo‘yildi.
Bo‘riboy Ahmedov ilmiy faoliyatiga doir faktlar:
- sharqshunoslik va tarix fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. 300 dan ortiq monografik asarlar, darsliklar, risolalar, ilmiy maqolalar muallifi.
- ko‘plab asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan.
- ilmiy faoliyati o‘zbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbashunoslik, O‘rta Osiyo xalqlarining X—XIX asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yo‘nalishlarga qaratilgan.
- bir qancha qo‘llanma, lug‘atlar („Tarixdan qisqacha izohli lug‘at“), „Amir Temur“ tarixiy romanini muallifi, „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Bosh tahrir hay'ati a'zosi
- Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlarda ma'ruzalar qilgan.
- Xalqaro Amir Temur jamg‘armasiga rahbarlik qilgan
- Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining faol a'zosi, Kembrij va Hindiston universitetlarida faxriy professor bo‘lgan.
- Ilmiy xizmatlari uchun Qirg‘iziston hukumati tomonidan „Yil odami“ deb e'lon qilingan, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati bo‘lgan, „Amir Temur“ va „Buyuk xizmatlari uchun“ordenlari bilan taqdirlangan.





