Targ`ibot tadbirlari davom etmoqda

Targ`ibot tadbirlari davom etmoqda

@Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilar o‘rtasida tushuntiri-targ‘ibot ishlari davom ettirishmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Samarqand shahrini boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi haydovchilar o‘rtasida olib borildi. Targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdan maqsad yo‘lovchi tashish sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlardan haydovchilarni xabardor qilish, qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat.

Shuningdek, tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishning salbiy oqibatlari, xizmat ko‘rsatish davomida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, yo‘l harakati qoidalariga jiddiy e’tibor qaratish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilmoqda.

Tadbir davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda avtomobillarni o‘z vaqtida va sifatli ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazish, mehnat qilish va dam olish soatlariga rioya qilish, yo‘l kira narxlarini asossiz oshirib yubormaslik masalasiga e`tibor qaratilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati


Report Page