Targ'ibot tadbirlari

Targ'ibot tadbirlari


SamDVMCHBU “Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi” fakultetining “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi mudiri, v.f.d., dotsent Z.J.Shapulatova, v.f.n., dotsent X.K.Bazarov, kafedra assistentlari: v.f.b.f.d., U.X.Ruzikulova, O.P.Islomova, U.B.Kuvondikov hamda kafedra laboranti M.Sayidqosimovalar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 28-27-26-21-22-maktablari bitiruvchilari bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida Universitetning tarixi, bugungi kunda veterinariya mutaxassislarining o‘rni, universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohalar bo‘yicha zamonaviy jihozlangan laboratoriya va o‘quv xonalari bilan ta’minlanganligi, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, bitiruvchilarga 2026-2027-o‘quv yili qabuli uchun hujjat topshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Kunduzgi, kechki, onlayn o‘qish imkoniyatlari mavjudligi, qo‘shma fakultetlarda o‘qish, o‘nlab xorij mamlakatlarining oliygohlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida o‘qishning ma’lum qismini xorijda davom ettirish mumkinligi haqida tushunchalar berildi.


SamDVMCHBU Axborot xizmati

Report Page