Maqsad – belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 5-bandida keltirilgan “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturi mazmum-mahiyatini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish, shuningdek, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolarining bilim va malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Seminar dasturiga ko‘ra quyidagi asosiy yo‘nalishlar o‘rin oldi:
“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar”;
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari”;
“Oilani mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzand tarbiyasida ota-onalar mas’uliyati oshirishda targ‘ibot tadbirlarining zamonaviy usullari”
“Aholi, shu jumladan, yoshlarning huquqiy ong va madaniyatini oshirish” va boshqalar.
Qizg‘in muhokamalar asosida bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminar davomida joylardan 500 nafardan ziyod “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, olimlar, ziyolilar, oliy ta’lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektorlari, tuman-shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari onlayn ishtirok etdi.
Seminar o‘z ishini 12-martga qadar davom ettiradi.
Jarayondan fotolavhalar:











