Bitiruvchi talabalarni taqsimoti

Bitiruvchi talabalarni taqsimoti


Andijon "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mutaxassi Abdunosir Bobamirzayev va Masjidlar boʻlimi xodimi Muhammadamin Nasriyevlar ishtirokida bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarga islom ta’lim muassasasi mudiri Rustamjon domla Mahmudov hamrohlik qildilar.

Ma’lumot uchun, mazkur 2023-2024 o‘quv yilida "Sayyid Muhyiddin maxdum" islom ta’lim muassasasini 39 nafar talaba bitirmoqda.

Uchrashuvda Bilim yurti mudiri Rustamjon domla Mahmudov, O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Qahramonjon Isroilov hamda guruh rahbarlari ham ishtirok etib, bitiruvchilar ish taqsimoti loyihasi bilan tanishtirildi.

Ularga, yurtimizdagi masjidlarga imom-xatib, noib imom vazifalarida ishlash uchun yo‘llanma beriladi.

bakalavr bosqichida ta’limni davom ettirmoqchi bo‘lgan bitiruvchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta’lim muassasalaridan biriga yoki respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan biriga hujjat topshirishlari mumkin.

Xalqning diniy ehtiyojlarini qondirishda masjidlar hamda diniy xodimlarning xizmati katta o‘rin tutadi. Masjid imom va noiblari jamoatga namozlarni ado qilib berishi bilan birga kundalik masalalarda musulmonlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, ularning dardiga quloq solib, qiynayotgan muammolariga yechim topish orqali ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadilar. Shuning uchun bo‘lajak imom-xatib vazifasida ishlovchi talabalarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi va shaxsiy sifatlari talab darajasida bo‘lishi lozim.

Masjid mehrobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan meros ekan, U zotga munosib bo‘ladigan diniy soha xodimlarini tayyorlash asosiy vazifa hisoblanadi.






Report Page