"Taqdir" va iroda erkinligi

"Taqdir" va iroda erkinligi

AbdulAziz Noor
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
Yuqoridagi savol, "Taqdir" va iroda erkinligi haqida tez-tez beriladigan savol va menimcha, bu yerda ba'zi narsalarni tushunish kerak.

Birinchi navbatda, Alloh Taolo hamma narsa sodir bo'lishini biladi va Alloh Taolo unga ruxsat bermasa yoki biror voqea uchun sharoit yaratmasa yoki har kimga o'zi qiladigan ishni qilish qobiliyatini bermasa, hech narsa bo'lmaydi. Lekin, Alloh Taolo insonlarni yaratgan va ularga tanlov qilish (axloqiy tanlov) qobiliyatini bergan. Demak, bizda shunday tizim borki, Alloh “inson”ga axloqiy tanlovlar orasidan tanlash qobiliyatini beradi. Agar Alloh mening yuragimni urishiga va qo'limga ushbu maqolani yozishga ruxsat bermasa, men bunday tanlovni qila olmayman. Atrofimizda sodir bo'layotgan har bir narsaning asosi Allohdir, agar Alloh xohlamasa, biz hech narsa qila olmaymiz.

Ha, U bizga tanlov qilish qobiliyatini berdi va kelajakni ham Alloh biladi. Ammo, biz nima qilmoqchimiz, biz bu narsalarni birlashtirib, ularni ongimizda ma'noga aylantirishga harakat qilyabmiz. Buni qilish bizni ongimizda qiyin bolishi aniq, chunki aslida biz qilmoqchi bo'lgan narsa: Allohning nuqtai nazaridan ham, o'z nuqtai nazarimizdan ham narsalarni ko'rishga harakat qilish va bunga shubhasiz qodir emasmiz!

Biz insonlarda epistemik kamtarlik bo'lishi kerak (bizning bilimimiz qanchalik uzoqqa borishi mumkinligi haqidagi qobiliyatimizda kamtarlik)

Shuni yodda tutish kerakki, Alloh bizni iroda erkinligi bilan yaratgan ("cheklangan iroda", chunki men xohlasamham qushga aylanib uchinb ketolmayman) va bizlar qilgan tanlovimizga qarab hukm qilinamiz. Bu tanlovlar haqiqiydir, ularning oqibatlari bor va Alloh bizni shunga ko'ra hukm qiladi. Alloh Taolo kelajakni bilguvchi Zotdir, U biz qiladigan hamma narsani biladi va dunyoda sodir bo'layotgan har qanday narsa o'z irodasi bilan sodir bo'lishiga imkon beruvchi yagona Zotham - Alloh.

O'ylaymanki, biz bu ikki narsa haqiqat ekanligini tushunishimiz kerak: Biz inson bo'lganimiz uchun bu narsalarni qanday qilib birlashtira olishimizni tushunolmaymiz va Allohning ilmiga ega emasmiz.

Agar har bir narsaning aniq shakli va o'lchamlarini bilsakgina, bu ikki narsani bir-biriga moslashtira olar edik. Biz ma'lum darajada "o'z iroda erkinligimiz"ni bilamiz va tan olamiz, chunki, masalan, ertalab uyg'onganimizda, biz qanday rangdagi paypoq kiyishimizni, qahva yoki choy ichishimizni o'zimiz tanlaymiz, boshqa birov biz uchun bu tanlovni qilyapti deb o'ylamaymiz. Lekin, "Taqdir" biz uchun ko'rinmaydigan va Alloh Taolo bizga ilm bermagan ko'p jihatlarga ega.

Rasululloh ﷺ sahobalarini Allohning taqdiri haqida tortishishdan qaytardilar. Bir kuni ular bu masalada tortishib turganlarida, Rasululloh ﷺ g‘azablanib aytdilar:

"Shu bilan men hammangizga buyurdimmi? Shu bilan men sizga yuborildimmi? Darhaqiqat, sizdan oldingi odamlar ham bu haqda tortishganlarida halok bo'lgan edilar. Men bu haqda bahslashmasligingizga qat'iy qaror qildim." (At-Termiziy, Sunan At-Termiziy, jild-4 bet-11 #2133;)

Alloh Taolo Qur'oni Karimda ochiq-oydin marhamat qiladi:

"Taqvodorlar - G'aybga iymon keltirganlar" (Baqara surasi 2chi va 3chi oyatlarda)

G'ayb - bu bizga ko'rinmaydigan, bizga noma'lum bo'lgan, Allohdan boshqa hech kim bilmaydigan narsalar. Bu oyat iymonning muhim qismi "G‘aybga" iymon keltirish ekanligini eslatadi. Bu insonning his-tuyg'ulari cheklanganligini va ular bilan boshdan kechirib bo'lmaydigan ko'p narsalarni qabul qilishdir.

Menimcha, insoniy darajada biz faqat qadrlashimiz kerak bo'lgan narsa shundaki, ushbu yuqoridagi mexanizm mutlaqo adolatli ishlaydi va qiyomat kuni hech kim ularga qandaydir tarzda nohaq yoki adolatsiz munosabat bo'lganligini va ular hech qanday jazoga loyiq emasligini his qilmaydi. Albatta, agar biz jannatga ega bo'lsak, o'zimizni jannatga loyiq debham bilmaymiz, chunki hech kim jannatga loyiq emas, bu Allohning rahmatidandir. Darhaqiqat, jazolanadiganlar bu ularning aybi, bu ularning qilmishi va bu ularning tanlovi ekanligini to'liq anglaydilar va keyin ular o'zlariga nisbatan adolatsizlik qilinganini his qilmaydilar, chunki Alloh eng adolatli Zotdir!

Qaysi dunyoqarashga kirmang, shunday jumboq borki, “men agnostman yoki ateistman” deb undan qutulib bo‘lmaydi.

Har qanday dunyoqarash bir xil muammodan aziyat chekadi. Masalan, agar siz ateist bo'lsangiz, siz ham xuddi shu jumboqdasiz. Siz erkin fikrlovchimisiz? Mustaqil fikrlay olasizmi? Sizning fikrlaringiz shunchaki tabiatda sodir bo'ladigan voqealar zanjirimi?

Agar siz ateist bo'lsangiz, demak, koinotdagi hamma narsa asosiy zarrachalarning tabiiy o'zaro ta'siri bilan izohlanadi. Asosiy zarralar tabiat qonunlariga muvofiq o'zaro ta'sir qiladi, na natriy atomi xlorid atomi bilan o'zaro ta'sir qilishni tanlamaydi. Bu avtomatik ravishda sodir bo'ladi, chunki ular o'zaro ta'sir qiladigan qonunlar. Bu asosiy zarralar bizning miyamizni tashkil qiladi va bizning miyamiz fikrlarimizni keltirib chiqaradi va shuning uchun bizning fikrlarimiz voqealar zanjiri tomonidan avtomatik ravishda hosil bo'ladi. Biz ularni nazorat qila olmaymiz...

Ateistlar "qanday qilib erkin fikr yuritishlarini", "bu tabiiy hodisalar zanjiridan qanday qutulishlari mumkinligi"ni tushuntirishlari kerak...

Hodisalar zanjiridan qochishning yagona yo'li - bu siz haqingizda moddiy bo'lmagan, bu dunyoning bir qismi bo'lmagan narsa bo'lishi kerak. Shubhasiz, biz (musulmonlar) ruhning hukmronligiga ishonamiz va bu bizning koinotdagi asosiy zarralar bilan bog'lanmagan holda fikrlashimizdir.

Report Page