Tanqid va tahlil

Tanqid va tahlil

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo’yicha respublika komissiyasi raisi boshchiligida 2024-yil 10-may kuni o’tkazilgan 35-sonli yig'ilish bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida davlat reyestriga kiritilmagan, bir hudud doirasida takrorlanadigan geografik obyektlarning nomlarini belgilangan tartibda qayta nomlash, davlat ekspertizasidan o'tkazish, Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlash ishlarini yakuniga yetkazish masalalari yuzasidan Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’inida tahliliy va tanqidiy yig’ilish o'tkazildi.

Yig’ilishda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchisi Sh.Xo’jayeva, Davlat kadastrlari palatasi respublika toponimika xizmati mutaxassisi D.Qodirov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish markazi viloyat hududiy bo’linmasi rahbari A.To’ychiyev, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi bo’lim boshlig’i R.Kuriyazov, shuningdek, tuman va shahar hokimlarining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchilari ishtirok etdi.

Yig’ilish davomida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo’yicha respublika komissiyasi tomonidan o’rganish natijalari muhokama qilindi. Jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan tuman va shahar hokimlarining maslahatchilari ogohlantirildi, mazkur masala bo'yicha mas'ullar oldida turgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Eslatib o'tamiz mana shundey tanqid va tahlil Bekobod shahridaham tez kunlarda o'tkaziladi.


Mirkomil Fayziyev


Report Page