Tanlov shartlari quyidagicha:

Tanlov shartlari quyidagicha:

Zilola Zokirova
Bunda, ishtirokchi jamoaning faqat 1 ta jamoa a’zosi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asari bo‘yicha qisqacha 3 daqiqa annotatsiya beradi. “Annotatsiya mahorati” shartida Hakamlar hay’ati ishtirokchilaming “Asarga tayyorlangan annotatsiya”sini baholashda ularning yoqtirgan asami o‘qiganligini tekshiradi hamda mohiyatini to‘g‘ri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyati, asaming g‘oyasi va mazmunining to‘liq qamrab olinganligi, kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi, annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlaming real hayot bilan bog‘liq ibratli tomonlari ochib berilganligiga qarab ball beradi. Ushbu shart 1-10 ballgacha (maksimal 10 ball) baholanadi.
Bunda, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida 30 ta Jadidlar hayoti va ijodidan savol-javob o‘tkaziladi. Barcha jamoalarga bir vaqtning o‘zida bir xil savol beriladi. Jamoalar bergan javoblarini 1 daqiqa ichida blankka yozib berishlari kerak bo‘ladi. Ushbu shart 1 ta savol uchun 1 balldan jami 30 ball bilan baholanadi. Jamoalaming to‘plagan ballari o‘zaro teng kelib qolgan taqdirda 2-shart asosida qo‘shimcha savollar beriladi va g‘olib jamoa aniqlanadi.
1-shartda Hakamlar hay’atining har bir a’zosi o‘zining bahosini namoyishkorona e’lon qiladi va asoslab beradi. Barcha a’zolaming qo‘ygan ballari umumlashtirilib, ularning umumiy soniga bo‘lingan holda 1-shart uchun o‘rtacha ball chiqariladi.
Yakuniy ball - tanlovning ikkita sharti natijalari bo‘yicha ishtirokchilaming to‘plagan ballarini qo‘shish (10+30=40 ball) natijasi asosida aniqlanadi. 

Report Page