Tanlov shartlari
“Sirdaryo Yoshlar texnoparki” MCHJ Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy kasbga qiziquvchi o‘quvchi va talaba yoshlarni grant kurslariga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovning shartlari.

1. Tanlovning maqsad va vazifalari
1.1. Hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;
1.2. Iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
1.3. Loyiha orqali yoshlarning bandligini taʼminlash bilan birga, ularga mustaqil daromad topish va IT kasblarini o'rganishiga ko‘maklashish;
1.4. Tanlovda g‘loblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar 3 oy davomida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov tashkilotchisi tomonidan bepul o‘qitiladi.
1.5. Tanlov tashkilotchisi: “Sirdaryo Yoshlar Texnoparki” MCHJ
1.6. Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanov tashkilotchisi tomonidan tashkil etilgan 3 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar hamda kurslar yakunida mutaxassisliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshiriladi.
2. Baholash mezoni hamda natijalarni e’lon qilish tartibi
2.1. Tanlovda 3 ta bosqich orqali ishtirok etgan ishtirokchilar 3 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
2.2. 1-bosqich onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilarning anketa savollariga na’munada keltirilganidek aniq va to‘liq javob berishlari hamda “Nega aynan sizni grant kursga qabul qilishimiz zarur?” savoliga 100 ta so'zdan kam bo'lmagan matn kiritishlari alohida e’tborga olinadi va ushbu savol asosida qabul qilinadi! Anket savollarini to‘ldirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ishtirokchilar 2-bosqichga o‘tkazilmayi!
2.3. 2-bosqichda komyuter savodxonligi bo‘yicha 15 ta test va mantiqiy fikirlash bo‘yicha 5 ta savollar beriladi. Savollarga javoblar 100 ballik baholash mezoni asosida baholanadi. Ishtirokchilarga 1 ta test savoli uchun 1 daqiqa 1 ta mantiqiy savol uchun 5 daqiqa ummumiy 40 daqiqa vaqt beriladi. Belgilangan vaqtda topshirilmagan javoblar inobatga olinmaydi. Testda berilgan 1 ta to‘g‘ri javob uchun 4 ball Mantiqiy fikirlashda berilgan 1 ta to‘g‘ri javob uchun 8 ball beriladi. 2-bosqichda 56 balldan yuqori ball to‘plagan 116 nafar ishtirokchilar Tanlovning 3-bosqichida ishtirok etadilar.
2.4. 3-bosqichda amaliy suhbatda uchun bir nafar ishtirokchiga vaqt birligi 5 daqiqa etib belgilangan bo’lib baholash mezoni maksimal 10 ball. Ushbu bosqichda ishtirokchilar uchun kompyuterda ishlash ko’nikmasi bo‘yicha 4 ta amaliy va tanlagan yo‘nalishlariga bog‘liq 2 ta savollar beriladi. Har bir amaliy savoldagi to‘ri javob uchun 1.5 ball tanlagan yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lgan savollarga berilgan javobnimg mazmuniga ko‘ra 1 ta javob uchun 2 ball beriladi.
2.5. Tanlovning yakuniy 3-bosqichida eng yuqori ball yig‘gan ishtirokchilar tanlov g‘oliblari hisoblanadilar va 3 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
2.6. Tanlovning har bir bosqichi o’tkazilish sanalari va natijalari Tanlov tashkilotchisi “Sirdaryo Yoshlar Texnoparki” MCHJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi.
2.7. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan ishtirokchilarning ma’lumotlarida ishtirokchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kamchilikarga tanlov tashkilotchisi javobgar emas!