Tanlov nizomi

Tanlov nizomi

Ниҳола Абдуваҳидова

O‘zbekiston davlat jahon tillari

universiteti rektorining

2025-yil “____” ___________ dagi

____

-son buyrug‘iga

3-ilova

“Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini oʻtkazish

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom universitetda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlar oʻrtasida “Eng yaxshi

videoroliklar” tanlovini (keyingi oʻrinlarda - Tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.

2. “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovida universitetda tahsil olayotgan talabalar oʻzlarining

ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.

II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

3. Yoshlarni korrupsiyaga qarshi qat’iy fuqarolik pozitsiyasida tarbiyalash, halollik, adolat,

qonun ustuvorligi va mas’uliyat qadriyatlarini ongiga singdirish, ularni korrupsiyaga qarshi

kurashda faol ishtirok etishga targ‘ib etishdir. Shuningdek, tanlov yoshlarning ijtimoiy faolligini

oshirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, korrupsiyasiz jamiyat

qurilishiga hissa qo‘shayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, halollik va poklik g‘oyalarini

keng targ‘ib etish hamda bu borada samarali g‘oyalar almashinuvi uchun shart-sharoit yaratishni

maqsad qiladi.

Talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, halollik va

mas’uliyat mavzusida yaratilgan videoroliklar orqali jamiyatda ijobiy fikr muhitini

mustahkamlash, iqtidorli yoshlarning rejissyorlik, aktyorlik, montaj va ijodkorlik ko‘nikmalarini

qo‘llab-quvvatlashdir. Shuningdek, yoshlarni yurt ravnaqi, adolat va halollik yo‘lida faol,

vatanparvar, mas’uliyatli fuqarolar etib tarbiyalash, ularning korrupsiyaga qarshi kurashga doir

ijtimoiy tashabbuslarini kengaytirish tanlovning muhim vazifalaridan biridir.

III. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish

4. Tanlovda universitetda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

5. Tanlovni tashkil etish va uni oʻtkazish mas’uliyati Yoshlar masalalari va maʼnaviy-

maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor zimmasiga yuklatiladi.

6. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich - fakultetlararo saralash bosqichi;

2-bosqich - universitet miqyosidagi final bosqichi.

Tanlovning barcha bosqichlari noyabr oyi va dekabr oyining birinchi o‘n kunligi davomida

oʻtkaziladi. Tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddatlari universitet Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat”

tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan belgilanadi.

7. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuziladi. Fakultet bosqichida tuzilgan Hakamlar

hayʼati xulosasiga koʻra 3 ta (1-, 2-, 3-o‘rin) ishtirokchining ijodiy ishlari tanlovning birinchi

bosqichi oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kun ichida universitet final bosqichiga taqdim etiladi. 3

kundan kech yuborilgan ishlar qabul qilinmaydi.

8. Universitet final bosqichida Hakamlar hayʼati tarkibi shakllantiriladi, fakultetlar

tomonidan taqdim etilgan ishlar koʻrib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

9. “Yangi O‘zbekiston - korrupsiyasiz kelajak” mavzusidagi ijodiy ishlar quyidagi

yo‘nalishlardan birida bo‘lishi talab etiladi:

• yoshlar orasida halollik, poklik, adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini targ‘ib etish;

• korrupsiyaga qarshi kurash, halol mehnat va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini

shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi;

• Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan korrupsiyasiz boshqaruv tizimini yaratish

borasidagi islohotlarni yoritish;

• halollik, adolat va ijtimoiy mas’uliyat mavzusida ijtimoiy xabar beruvchi, targ‘ibot-

tashviqot ruhidagi videoroliklar yaratish.

Videoroliklar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

• videoroliklar soni - 1 ta; davomiyligi - 1 daqiqadan 3 daqiqagacha, MPEG-4 formatda;

• tasvirda ishtirokchi 70-80 foizgacha aks etishi shart;

• videoda mavzuning dolzarbligi, g‘oyaning mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to‘liq

ochib berilishi;

• video foni, montaj sifati, ovoz, musiqiy uyg‘unlik, kreativlik, ifoda uslubi, aktyorlik

mahorati va nutq madaniyati inobatga olinadi.

Hakamlar hayʼati tomonidan har bir ijodiy ish 1 balldan 30 ballgacha oraliqda baholanadi.

10. Videorolikda mavzu nomini ko‘rsatish tavsiya etiladi. Suratga olish va montaj

jarayonida maxsus dastur yoki uskunalardan foydalanish ishtirokchining ixtiyoriga havola etiladi.

V. Hujjatlarni taqdim etish tartibi

11. Fakultet bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan talabalarning hujjatlari, bayonnomasi,

qarori hamda ijodiy materiallari (videoroligi) universitet tashkiliy ishchi guruhiga taqdim etiladi.

VI. Mualliflik huquqlari

12. Tanlovda ishtirok etayotgan videoroliklarda mualliflik huquqlarining buzilishi

holatlarida javobgarlik ishni taqdim etgan fakultet va ishtirokchi zimmasiga yuklatiladi.

13. Videoroliklarda boshqa mualliflik videolari, reklama roliklari yoki kinematografik

asarlardan nusxa olish qat’iyan man etiladi.

14. Tashkilotchilar tanlovga taqdim etilgan ishlarni tanlov jarayonini yoritish, namunaviy

to‘plam yaratish va targ‘ibot maqsadida foydalanish huquqiga ega.

VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

15. “Yangi O‘zbekiston - korrupsiyasiz kelajak” eng yaxshi videoroliklar tanlovining final

bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan jamoa sardori (yoki yakka tartibdagi ishtirokchi) universitet

tomonidan diplom hamda universitetning budjet va budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari

hisobidan shakllantirilgan talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi

tartibda mukofotlanadi:

• 1-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 5 barobari miqdorida;

• 2-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 4 barobari miqdorida;

• 3-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

VIII. Yakuniy qoidalar

16. Tanlov g‘oliblarining ijodiy ishlari universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy

tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.17. Tanlov nizomiga Universitet tashkiliy ishchi guruhi tomonidan zaruratga ko‘ra

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin


Report Page