Tanlov nizomi
Ниҳола АбдуваҳидоваO‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti rektorining
2025-yil “____” ___________ dagi
____
-son buyrug‘iga
2-ilova
“Eng yaxshi devoriy gazetalar” tanlovini oʻtkazish
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom universitetda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlar oʻrtasida “Eng yaxshi
devoriy gazetalar” tanlovini (keyingi oʻrinlarda - Tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. “Eng yaxshi devoriy gazetalar” tanlovida universitetda tahsil olayotgan talabalar
oʻzlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.
II. Tanlovning maqsadi va vazifalari
3. Yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, halollik, adolat, mas’uliyat va qonun
ustuvorligi tamoyillariga sodiq fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat. Tanlov orqali yoshlarning
korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, halollik g‘oyalarini targ‘ib etish,
ularni korrupsiyasiz jamiyat qurilishida faol ishtirok etishga undash, shuningdek, ijodiy va
intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratish ko‘zda tutiladi.
Tanlov, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning korrupsiyaga qarshi
g‘oyalarini devoriy gazeta shaklida ifoda etish, halollik, poklik va adolat qadriyatlarini
ommalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurash borasida samarali tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash
hamda universitet miqyosida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishni maqsad qiladi.
Talaba-yoshlar orasida halollik, qonuniylik va mas’uliyat madaniyatini shakllantirish,
korrupsiyaga qarshi kurashish g‘oyalarini devoriy gazeta orqali yoritish, halollik va poklikni
qadrlovchi ijtimoiy fikrni keng targ‘ib etishdan iborat. Shuningdek, talabalarning ijodkorlik,
dizayn va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, halol va mas’uliyatli fuqarolik
pozitsiyasiga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning korrupsiyaga qarshi tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash tanlovning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
III. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
4. Tanlovda universitetda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
5. Tanlovni tashkil etish va uni oʻtkazish mas’uliyati Yoshlar masalalari va maʼnaviy-
maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor zimmasiga yuklatiladi.
6. Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich - fakultetlararo saralash bosqichi;
2-bosqich - universitet miqyosidagi final bosqichi.
Tanlovning barcha bosqichlari noyabr oyi va dekabr oyi birinchi o‘n kunligi davomida
oʻtkaziladi. Tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddatlari universitet Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan belgilanadi tomonidan belgilanadi.
7. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuziladi. Fakultet bosqichida tuzilgan Hakamlar
hayʼati xulosasiga koʻra 3 ta (1-, 2-, 3-o‘rin) ishtirokchining ijodiy ishlari tanlovning birinchi
bosqichi oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kun ichida universitet final bosqichiga taqdim etiladi.
3 kundan kech yuborilgan ishlar qabul qilinmaydi.8. Universitet final bosqichida Hakamlar hayʼati tarkibi shakllantiriladi, fakultetlar
tomonidan taqdim etilgan ishlar koʻrib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.
IV. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
9. “Yangi O‘zbekiston - korrupsiyasiz kelajak” mavzusidagi devoriy gazetalar quyidagi
yo‘nalishlardan birida tayyorlanishi talab etiladi:
• korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashish yo‘llarini yoritish;
• halollik, poklik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini targ‘ib etish;
• korrupsiyaga qarshi kurashda yoshlarning o‘rni, halol mehnat va mas’uliyatli fuqarolik
pozitsiyasini namoyish etish;
• Yangi O‘zbekiston sharoitida korrupsiyasiz boshqaruv tizimini shakllantirishga oid
islohotlarni yoritish;
• halollik va to‘g‘rilikni targ‘ib qiluvchi ijtimoiy g‘oyalar, shiorlar, maqolalar, rasmlar,
she’rlar va infografik materiallar orqali g‘oya ifodasini ochib berish.
Devoriy gazetalar uchun talablar:
• Gazetaning o‘lchami: A1 yoki A2 formatda bo‘lishi tavsiya etiladi;
• Ishlar individual yoki jamoaviy tarzda tayyorlanishi mumkin (jamoa 3 nafargacha
ishtirokchidan iborat);
• Gazetada mavzuga oid sarlavha, asosiy matn, rasm yoki grafik elementlar bo‘lishi lozim;
• Ishda ijodkorlik, dizayn, bezak, g‘oyaning dolzarbligi, materiallarning o‘ziga xosligi va
mazmun-mohiyati inobatga olinadi;
• Ishlar estetik jihatdan jozibali, o‘qilishi oson, mazmuni to‘liq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Baholash mezonlari:
• Mavzuga moslik - 10 ball;
• G‘oyaning dolzarbligi va yangiligi - 5 ball;
• Dizayn va badiiy bezak darajasi - 5 ball;
• Mazmunning to‘liqligi va ijodkorlik - 5 ball;
• Ta’sirchanlik va targ‘ibot kuchi - 5 ball.
Umumiy: 30 ballik tizim asosida baholanadi.
V. Hujjatlarni taqdim etish tartibi
11. Fakultet bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarning hujjatlari,
bayonnomasi, qarori hamda devoriy gazetasi nusxasi universitet tashkiliy ishchi guruhiga taqdim
etiladi.
VI. Mualliflik huquqlari
12. Tanlovda ishtirok etayotgan devoriy gazetalar mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda
tayyorlanishi shart. Mualliflik huquqlari buzilgan taqdirda javobgarlik ishni taqdim etgan fakultet
yoki ishtirokchi zimmasiga yuklatiladi.
13. Devoriy gazetalar boshqa mualliflik ishlaridan, reklama yoki internet manbalaridan
nusxa olinmasligi lozim.
14. Tashkilotchilar tanlovga taqdim etilgan ishlardan tanlovni yoritish, to‘plam yaratish,
targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish huquqiga ega.
VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash15. “Yangi O‘zbekiston - korrupsiyasiz kelajak” eng yaxshi devoriy gazetalar tanlovining
final bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan jamoa sardori (yoki yakka tartibdagi ishtirokchi)
universitet tomonidan diplom hamda universitetning budjet va budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt
mablag‘lari hisobidan shakllantirilgan talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan quyidagi tartibda mukofotlanadi:
• 1-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 3 barobari miqdorida;
• 2-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida;
• 3-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
VIII. Yakuniy qoidalar
16. Tanlov g‘oliblarining devoriy gazetalaridan namunalar universitetning rasmiy veb-
sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.
17. Tanlov nizomiga Universitet tashkiliy ishchi guruhi tomonidan zaruratga ko‘ra
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.