Tanlov nizomi

Tanlov nizomi


9-14-fevral Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavullud topgan kuni munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Allomalar izdoshlari” musobaqasi

NIZOMI

 

I.                 Umumiy qoidalar

       1. 9-14-fevral Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Allomalar izdoshlari” musobaqasida universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘zlariga tegishli fakultet nomidan  bitta jamoa bo‘lgan holda ushbu musobaqada ishtirok etadi.

2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni Universitet yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshiriladi.

 

II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

3. Tanlovning asosiy maqsadi talabalarning alomalarimiz hayoti va ijodini o‘rganish, o‘zlari uchun kerakli bilim hamda ko‘nikmalarni egallash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, tanlovda talabalar o‘zlarining chizgan devoriy gazetalari, erkin mavzulari bilan ishtirok etib, ajdodlarimizning ergan yutuqlarini,o‘zini ifodalash, ajdodlarimizga tariximizga bo‘lgan qiziqishni, vatanga bo‘lgan muhabbatini tasvirlab berishlari kerak bo‘ladi. Xususan, yosh ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z iqtidorini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish va rag‘batlantirishdan iborat.

 

III Ko‘rik-tanlovni tashkil etish tartibi

 Ko‘rik tanlov universitetning fakultetlari aro bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga har bitta fakultet bittadan jamoa qilgan holda ariza topshirish yo‘li orqali ishtirok etishadi. Tanlov bir bosqichda o‘tkaziladi. Shuningdek ball ko‘rsatkichi eng yuqori uchta   jamoa taqdirlanadi.

IV. Tanlov shartlari

5. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan jamoa aʼzolarini soni 6 nafardan oshmasligi hamda ishtirokchilarning barchasi o‘zi tahsil olayotgan fakulteti nomidan qatnashishi talab etiladi. Yuqoridagi shartlarni buzgan jamoa musobaqadan chetlatiladi. Tanlov 3 ta shartdan iborat. Ushbu shartda jamoalar chiqishi uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Ushbu shartda jamoalar chiqishlarining mazmuni,mohiyati, g‘azal hamda she’rlarni ijro etish mahorati baholanadi. Tanishuv sharti 5 ballik mezonda baholanadi.

 

 

 

1.Tanishuv sharti - jamoalarning o‘zini tanishtirish xarakteriga ega bo‘lgan ko‘rinishlari, Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodidan ma’lumotlar, g‘azallar, she’rlar orqali alommalarimizni to‘laqonli yoritib berishlari talab etiladi.

2. Blits savollar o‘yini- Savollar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodidan olingan ma’lumotlardan tuziladi. Ushbu shartda umumiy hisobda 10 ta savol o‘qib eshittiriladi. jamoalarga har bitta savolni o‘ylab javob berishlari  uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bitta savol uchun 1 ball beriladi. Belgilangan vaqt tugagandan keyin taqdim etilgan javob variantlari qabul qilinmaydi.

3.Erkin mavzu sharti - musiqalar, qo‘shiqlar, g‘azallar, mavzu doirasidagi sahna ko‘rinishi,  teatrlashtirilgan lavhalar (ko‘rinishlar)dan iborat chiqishdir. Ushbu shart ijrosi uchun jamoalarga 8 daqiqa vaqt ajratiladi.

 

V. Hakamlar hayʼati

Hakamlar hayʼati universiteti rahbariyati O‘zbekiston yoshlar ittifoqining universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti hamda taklif etilgan sanʼat soxasining taniqli mutaxassislari,  o‘zbek(rus)tili kafedrasi  professor-o‘qituvchilari, prorektorlar, tegishli bo‘lim hodimlaridan tuziladi. Hakamlar hayʼati tarkibi  Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti  tomonidan tasdiqlanadi.

 

 

VI. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

 

Tanlov yakunida eng yuqori ball to‘plagan uchta jamoa aʼzolarining barchasiga universitet talabalarini rag‘barlantirish fondidan quydagicha pul mablag‘i bilan rag‘barlantiriladi:

1-o‘ringa bazaviy stipendiyaning 1 barobari har bir jamoa azolariga

2- o‘ringa bazaviy stipendiyaning 0.75 barobari har bir jamoa azolariga

3- o‘ringa bazaviy stipendiyaning 0.5 barobari har bir jamoa azolariga

VII. Yakuniy qoidalar

10. Tanlov ishtirokchisi tomonidan tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda uning natijasi bilan bog‘liq murojaat (e’tiroz)lar qabul qilinmaydi.

 


Report Page