☀Tanlov g‘oliblari taqdirlandi
Samarqand shahri hokimligi, shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusiga ko‘ra
"18 oktabr — Samarqand shahri kuni" munosabati bilan “Samarqand kitobxonlari” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda shahardagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan o‘quvchi va talabalar, korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, mahallalardagi yoshlar ishtirok etdi. Tanlov birinchi bosqichi ta’lim muassasasi, korxona va tashkilotlar hamda mahallalarda o‘tkazildi.
Ikkinchi, yakuniy shahar bosqichi viloyat Axborot-kutubxona markazida tashkil etildi. Unda tanlovning quyi bosqichida g‘olib bo‘lgan 22 nafar kitobsevar yosh o‘z bilimini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.
☀Tanlov g‘oliblari:
⚡3-o‘rin:(2 ta)
-Yarashov Muxammadali Baxtiyor o‘g‘li , Samarqand shahar Mash'al MFY Yoshlar etakchisi ;
-O‘rinboyeva Nozima, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti akademik liseyi o‘quvchisi;
⚡2-o‘rin:
-Baxriddinova Barno , Samarqand davlat Pedagogika instituti talabasi;
⚡1-o‘rin:
-Baratova Malika,
Samarqand davlat Pedagogika instituti talabasi.
⚡G‘oliblarga, ishtirokchilarga hamda tanlov tashkiliy jarayonlarida faol ishtirok etgan yoshlar va ustozlarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar, kitoblar jamlanmalarini shahar hokimi o‘rinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari Farhod Nishanov topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov nizomiga ko‘ra:
☀️Tanlov g‘oliblari
1-o’rin I darajali diplom, 10 million so‘mlik VAUCHER;
2-o’rin II darajali diplom, 6 million so‘mlik VAUCHER;
3-o’rin III darajali diplom, 4 million so‘mlik VAUCHER (2ta 2 mln so‘mdan) bilan taqdirlandi.