Tanlov! "Men eshitgan ertaklar"

Tanlov! "Men eshitgan ertaklar"

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

“Men eshitgan ertaklar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi

Nizom

 Ushbu nizom yosh avlodda xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish ularda og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirib, maktab o‘quvchilarining qishki ta’tillarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Men eshitgan ertaklar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 

             1. Umumiy qoidalar

1. Ko‘rik-tanlov umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

        2. Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

2. Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari

3. Ko‘rik-tanlovning maqsadi:

Yosh avlodda milliy madaniy merosimizga, ma’naviy, axloqiy va umumbashariy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish hamda ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish;

O‘quvchilarda xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish ularda og‘zaki va yozma ijodni yuksaltirishda ko‘maklashish ;

Yangi milliy ertak namunalarini kashf etish va o‘quvchilar e’tiboriga havola etish;

O‘quvchilarning qishki ta’tillarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

4. Ko‘rik-tanlovning vazifasi o‘quvchilarda ertak yozish madaniyatini shakllantirish, milliy ertaklar yaratilishini yo‘lga qo‘yish va bu orqali ijodkor o‘quvchilarni rag‘batlantirishdan iborat.

3. Tanlov shartlari va o‘tkazish tartibi

5. Tanlov 2023-yil 5-yanvardan 10-yanvargacha o‘tkaziladi;

Unda o‘quvchilar keksa avlod vakillari, bobo-buvilari hamda ota-onalaridan eshitgan ertak, rivoyat va afsonalarni o‘zlarining tilidan, o‘z fikrlarini yozgan holda taqdim etishlari lozim.

Tanlovga oid materiallar elektron ko‘rinishda qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlov materiallarini 2023-yil 10-yanvarga qadar kechikmasdan telegram orqali quyidagi adminlar @Farangiz_Yusupova va @RBKFERUZA ga yuborishlari kerak bo‘ladi. Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar “Yosh kitobxonlar 2020” telegram kanalida e’lon qilib boriladi. Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan materiallar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

4. Tanlovning baholash mezonlari va g‘oliblarni taqdirlash

 

Taqdim etilgan ishlarni baholash va tanlov natijalarini umumlashtirish uchun hakamlar hay’ati shakllantiriladi.

Tanlov hay’ati tanlovga taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladi, mualliflarning ishini baholaydi (100 balli shkala bo‘yicha) va eng yaxshilarini aniqlaydi.

Baholashda qo‘yidagilarga e’tibor beriladi:

- yuborilgan ijodiy ishlar tanlov mavzusiga muvofiqligi;

- adabiy tilni bilish darajasi, o‘zbek tili me’yorlarigi rioya qilish;

- mantiqiy davomiylik, voqealar ketma-ketligi;

- yangi ertak namunalarining kashf etilishi;

Taqdim etilgan ijodiy ishlar ushbu tanlovning maqsadlari, vazifalari va baholash mezonlariga mos kelishi kerak.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

1 ta birinchi o‘rin

1ta ikkinchi o‘rin

1 ta uchinchi o‘rin

Tanlov shartlari, uning o‘tkazilish jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi axborotlar Respublika bolalar kutubxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

 



Report Page